So’nggi yangiliklar

19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  1 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  2 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  7 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  14 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  3 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  5 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  3 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  4 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  8 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  2

Qatardagi stadionlarni ko'rdingizmi? FOTO Yangiliklar

Qatardagi stadionlarni ko'rdingizmi? FOTO

Teglar :  QatarJCH-2022
Ertaga Qatarda bo'lib o'tadigan 2022 yilgi jahon chempionatiga roppa-rosa to'rt yil qoladi.

Ayni paytda ushbu mamlakatda jahon chempionatiga tayyorgarlik ishlari qizg'in davom etyapti. Bugun OFK rasmiy sayti Qatarda stadionlar qurilishi qanday ketayotgani haqida malumot berdi. 

MA'LUMOT UCHUN

JCH-2022 mezboni: Qatar
Aholisi: 2,7 million
Poytaxti: Doha
Rasmiy tili: Arab (ikkinchi til inglizcha)
Pul birligi: Riyal

- 1940 yil neft topilgunga qadar Qatar xalqi asosan baliqchilik qilib kun kechirgan.
- Qatar tabiiy gaz zaxirasi bo'yicha dunyoda uchinchi mamlakat hisoblanadi.
- Qatar Al Jazeera Media Network, Qatar Airways va Aspire Academy bilan mashhur.
- Qatar Sports Investments Franciyaning PSJ klubi xo'jayini hisoblanadi.

JCH-2022 qachon o'tkaziladi?
- 21 noyabr - 18 dekabr. Musobaqa 28 kun davom etadi. Final 18 dekabr, yani Qatar milliy bayrami kuni o'tkaziladi.

O'yinlar nechta stadionda bo'ladi?
- 8ta. Ettita stadionda qurilish ishlari davom etyapti. Faqat bitta o'yingoh - "Xalifa xalqaro stadioni" bitkazilib o'tgan yilning 19 may kuni foydalanishga topshirilgan. Qolgan barcha stadionlar ikki yil ichida qurib bitkazilishi kutilmoqda. 

Stadionlar orasidagi masofa qancha bo'ladi?
- Bir stadiondan ikkinchisiga borish nihoyatda qulay. Eng uzoq masofa 55 km.ni tashkil etadi. Bu masofa Dohadagi "Al Bayt" stadionidan Al Xordagi "Al Vakra" o'yingohigacha. Eng qisqa masofa esa 5 km. bo'ladi. "Al Rayan" bilan "Talim shahri" stadioni orasidagi masofa shuncha. 

Asosiy stadion qaysi?
- "Lusayl" stadioni. Bunda musobaqaning ochilish hamda final uchrashuvi bo'lib o'tadi. 

Qurilish byudjeti qancha?
- Qatar stadionlar va boshqa qurilish ishlari uchun jami 6,5 milliard dollar ajratgan. 

Ob-havo qanday bo'ladi?
- 8dan 24 darajagacha. JCH-2022 paytida mana shunday ob-havo bo'lishi kutilmoqda. Bu esa futbol o'ynash uchun juda qulay deganidir. 

Viza masalasi
- 80ga yaqin mamlakat fuqarolari jahon chempionati paytida Qatarga vizasiz kirishlari mumkin. 

Muxlislar tashrifi
- JCH paytida taxminan bir yarim million muxlis Qatarga kelishi kutilmoqda. 

Transport masalasi
- Dohadagi "Hamad xalqaro aeroporti" muxlislar uchun eng katta xizmatni amalga oshiradi. Jahon chempionati paytida bu aeroportdan 150ta yo'nalish bo'ylab samolyotlar parvozi yo'lga qo'yiladi. 

TV translyaciya
- Butun dunyo bo'ylab 3 milliarddan ziyod aholi mundial uchrashuvlarini TV orqali kuzatishi kutilmoqda. 

Xavfsizlik
- Qatar eng xavfsiz mamlakatlar sirasiga kiradi. SHunga qaramay, JCH paytida Qatar policiyasining Interpol bilan hamkorlikda ishlashi kutilmoqda. 

Qatarda futbol qanday?
- Qatar Yulduzlar ligasida 12ta jamoa qatnashadi. "Al Duhayl" bilan "Al Sadd" mamlakatning eng mashhur klublari hisoblanadi. "Al Sadd" ikki marta 1989 va 2011 yillarda OCHLda zafar quchgan. Qatar terma jamoasi 2006 yilgi Osiyo o'yinlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan. SHuningdek, uch marta Ko'rfaz kubogida va bir marta G'arbiy Osiyo futbol federaciyalari chempionatida g'olib chiqqan. Qatar termasi 2019 yil o'tkaziladigan Kopa Amerika musobaqasida ishtirok etadi. 

Stadionlar bilan tanishamiz:

"Al Vakra" stadioni

"Al Bayt" stadioni

"Al Thumama" stadioni

Bu erda "Ras Abu Abud" stadioni barpo etiladi

"Lusayl" stadioni

"Xalifa" xalqaro stadioni

"Talim shahri" stadioni

"Al Rayan" stadioni

Reyting: +56   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика