PSJning ikki futbolchisi uchun Klublar o'rtasidagi JCH yakunlandi. Xaysen esa...
08 iyu 21:45
Yangiliklar


PSJning ikki futbolchisi uchun Klublar o'rtasidagi JCH yakunlandi. Xaysen esa...
Xyoysen bitta o'yinga chetlatildi, Pacho va Lukas Ernandes QCHLda boshqa ishtirok etmaydi
"PSJ" futbolchilari Vilyam Pacho va Lukas Ernandes klublar o'rtasidagi jahon chempionati chorak finalida "Bavariya"ga qarshi o'yin (2:0) yakunida qizil kartochka olgani uchun ikki o'yinga chetlatildi. Ular PSJ va "Real" o'rtasidagi yarim final uchrashuvini, shuningdek, finalga chiqilsa, finalni ham o'tkazib yuboradi. Bu haqda FIFAning Intizom qo'mitasi sayti xabar bermoqda.
Takidlanishicha, "Real" himoyachisi Din Xaysen chorak finalda "Borussiya Dortmund"ga qarshi o'yinda (3:2) maydondan chetlatilgani uchun bir o'yinga diskvalifikaciya qilindi. U "PSJ"ga qarshi o'yinda ishtirok eta olmaydi, biroq "Real" musobaqaning finaliga yo'l olsa, o'sha uchrashuvda ishtirok etishi mumkin bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar