So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Prevyu. "Inter" - "Lacio" Yangiliklar

Prevyu. "Inter" - "Lacio"

Bugun Italiya Kubogi chorak finali doirasida "Inter" o'z maydonida "Lacio"ni qabul qiladi.

Bu musobaqa unchalik qiziqarli emas deyishga shoshilmang. Sababi ushbu mavsum Italiyada hech kimga "gap bermay" kelayotgan "Yuventus" tunda "Atalanta"dan qaqshatqich zarba qabul qilib oldi va musobaqani erta tark etishga majbur bo'ldi. Va aksincha, oxirgi vaqtlarda ajoyib sport formasiga kirib olgan Duvan Sapatani "keksa sinora" himoyachilari ham to'xtata olmadi. Italiya Kubogida javob uchrashuvlari yo'q va keyingi bosqichga chiqish uchun faqat bitta uchrashuv o'tkaziladi. Nimchorak finalda "Inter" o'z maydonida "Benevento"ni 6:2 hisobda mag'lub etgandi. "Lacio"ga esa S Seriyadan "Novara" raqib bo'ldi (4:1) va rimliklar ishonchli g'alabani tantana qildilar. Yarim finalda ishtirok etadigan raqib nomi aniq. Bugungi uchrashuvda g'olib bo'lgan jamoa final yo'llanmasi uchun "Milan" bilan bellashadi.

"Inter" va "Lacio" Italiya Kubogi doirasida 16 marta uchrashgan. SHundan 6 tasida "Inter", 5 tasida "Lacio" g'alaba qozongan. yana 5 ta o'yin esa durang bilan yakunlangan. "Lacio" mamlakat Kubok bahslari doirasidagi so'nggi 4 uchrashuvning 3 tasida "Inter" darvozasiga yo'l topa olmagan. Bugun jamoalar chorak finalda ettinchi marotaba uchrashadi. SHundan 4 tasida "neradzurri”, 2 tasida "burgutlar" keyingi bosqichga yo'llanmani kiritgan.

Qiziqarli faktlar

Har ikki jamoa ham mavsumning ikkinchi qismini omadsiz boshlagandi. Milanning "Inter" klubi o'tgan safar "Torino"ga (0:1) mag'lub bo'ldi. Bungacha esa safarda "Sassuolo"ga ham gol urolmagandi (0:0). "Lacio" so'nggi ikki o'yinda mag'lub bo'ldi. Biroq uning raqiblari kuchli edi: "Napoli" (1:2), "Yuventus" (1:2). To'g'risini aytganda, ikkala uchrashuvda jamoa yaxshi o'ynadi va ochko olishga yaqin edi.

"Lacio" kuchli klublarga qarshi o'yinda biroz qiynaladi. Indzagi shogirdlari mavsumning birinchi yarmida "Napoli", "Roma", "Yuventus", "Inter"ga mag'lub bo'ldi. Ikkinchi yarmida esa jamoaga biroz omad etishmayapti. Favorit jamoalarga qarshi ikki bahsda ham klub engildi. "Inter" sentyabr oyidan buyon "Juzeppe Meacca" stadionida bo'lgan bahslarda mag'lub bo'lmadi. SHu bilan bir qatorda “burgutlar" mehmonda muvaffaqiyatsiz tarzda ishtirok etmoqdalar. “Lacio” ichki chempionatda noyabr oyidan beri bir marotaba g'alaba qozondi.

Ivan Perishich o'tgan o'yin “Torino”ga qrshi bahsda maydonga tushmadi. Bugun ham xorvatiyalik uchrashuvda ishtirok etmasligi mumkin. Biroq u ro'yxatga kiritilgan. Gap-so'zlarga qaraganda, yarim himoyachi Milandan ketib, "Arsenal"ga o'tishi mumkin emish. Lekin klub bunga rozi emas albatta. "Inter"ning bosh direktori Beppe Marotta shunday dedi: "Biz o'yinchining xohish-istaklarini eshitdik. To'g'ri, unga qiziqish bildirayotgan boshqa klublarni ham etiborga olishimiz kerak”.

Trend

— "Lacio" safarda bo'lgan so'nggi 5 uchrashuvning 3tasida mag'lub bo'ldi. (1ta g'alaba, 1 ta durang).
— "Inter" klubi “Juzeppe Meacca” stadionidagi 12 o'yinda mag'lub bo'lmagan. (2 ta durang).
— So'nggi o'zaro 5 ta o'yinda "Inter" 3 marta g'alaba qozongan (1 ta durang, 1 ta mag'lubiyat).
— So'nggi 6 uchrashuvning 5 tasida "Lacio" to'p o'tkazib yuborgan.
— "Inter" uyda 10 ta o'yinning 8 tasida to'p o'tkazmagan.

Taxminiy tarkiblar

Bugungi bahsda Spaletti 4-3-3, mehmonlar 3-5-1-1 taktikasidan foydalanishi mumkin.

“Inter” — “Lacio”

"Inter" bugungi o'yinda favorit hisoblanadi. Birinchidan, uyda o'ynaydi. Yuqorida takidlaganimizdek, "neradzurri" sentyabrdan beri o'z uyida mag'lub bo'lmagan. Mavsumning birinchi yarmidagi to'qnashuvda esa milanliklar yirik hisobda g'alaba qozondilar (3:0). Xo'sh, "Lacio"chi? Jamoa favoritlarga qarshi yomon o'ynaydi va bitta ham g'alabaga erisholmagan. Indzagi shogirdlari safada ham omadsiz ishtirok etadi. So'nggi 10ta o'yinda — 3ta g'alaba.


Nozima Zaripova tayyorladi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика