So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  3 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  3 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14

Petar Segrt: “Lyov bilan bo'lgan suhbatimiz OAVda tarqalib ketishini istamayman. O'FAdan bo'lgan taklif haqida so'ramayman. Tojikistondan ketganimga sabab…” Yangiliklar

Petar Segrt: “Lyov bilan bo'lgan suhbatimiz OAVda tarqalib ketishini istamayman. O'FAdan bo'lgan taklif haqida so'ramayman. Tojikistondan ketganimga sabab…”

Tojikiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Petar Segrt saytimizga intervyu berdi.

Tojikiston terma jamoasi bilan Osiyo Kubogida “furor” ko'targan germaniyalik murabbiy Petar Segrt bir necha kun avval Germaniya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi va O'FA bilan muzokaralar olib borayotgan, deya elon qilingan Yoaxim Lyov bilan uchrashgani tasvirlangan surat tarqalgan edi. Biz esa Segrt bilan bog'landik va uni savolga tutdik.


- Salom, janob Segrt, ishlaringiz yaxshimi? Avvalo intervyuga rozi bo'lganingiz uchun tashakkur. Tojikiston terma jamoasidan ketganingizga bir yarim yildan oshdi, ammo hali hamon yangi jamoada ish boshlamadingiz. Hozirgi kunda nimalar bilan bandsiz? Balki qandaydir futbol loyihalarida ishtirok etayotgandir? Tojikiston terma jamoasidan klublar yoki terma jamoalardan takliflar bo'lmadimi?

- Men o'zimni yaxshi his qilyapman va juda yaxshi dam olyapman. Tojikiston terma jamoasi bilan o'tgan ajoyib ikki yilni o'tkazdik. Osiyo Kubogi va Tojikiston futbol federaciyasining qo'llab-quvvatlashi va ajoyib Tojikiston xalqi bilan ishlashganimdan so'ng menga tanaffus kerak edi. Kuch-quvvat to'plab olish uchun. Shuning uchun o'tgan yili Germaniyada bo'lib o'tgan Evropa chempionatining yuqori darajadagi o'yinlarini, shuningdek, butun Osiyo bo'ylab ko'plab Jahon chempionati saralash bahslarini bevosita stadiondan tomosha qildim. Tabiiyki, Germaniya Bundesligasi, Angliya Premer-ligasi va Ispaniya La Liga o'yinlarini ham kuzatdim, bazan esa klublarning mashg'ulotlarda ham qatnashdim. Chempionlar Ligasining ko'plab o'yinlarini stadiondan tomosha qilish imkoniyatim bo'ldi. Ayniqsa, "Barselona" va "Borussiya Dortmund" kabi klublarning mashg'ulotlariga bordim va eski murabbiy do'stlarim bilan uchrashish baxtiga muyassar bo'ldim.

Masalan, "Barselona"da Xansi Flik va uning xorvat yordamchisi Toni Tapalovich, "Borussiya"da esa Niko Kovach va uning yordamchisi Filip Tapalovich bilan ko'rishdik. Men professional murabbiy va inson sifatida ko'proq narsalarni o'rganishni va rivojlantirishni yaxshi ko'raman. Butun dunyo bo'ylab turli mamlakatlarga sayohat qilish va turli madaniyatlarni ko'rishni yoqtiraman va bo'sh vaqtimni shunday ishlarga sarflayman. Men 30 yildan ko'proq vaqtdan beri Xansi Flikni taniyman. U ajoyib shaxs va aql bovar qilmas murabbiy. Uning xorvatiyalik assistenti "Barselona" murabbiylar shtabi azosi Toni Tapalovich va uning akasi Filip Tapalovichni bilan ham 30 yildan beri tanishmiz. "Barselona" va "Borussiya Dortmund"dagi mutaxassisilar bilan futbol masalalarini to'g'ridan-to'g'ri muhokama qilish imkoniyatim bor va men bundan xursandman.

Chempionlar Ligasi uchrashuvlarini stadionda ko'rish zo'r, ammo o'yindan oldin va keyin qahva, tushlik yoki kechki ovqat ustida suhbatlashish har bir professional murabbiy uchun juda muhim. Xansi Flik va Toni Tapalovich Chempionlar ligasidagi bahsdan so'ng meni maydonga taklif qilishdi va biz o'yin qanday kechganini muhokama qildik. Men 42 yillik murabbiy va so'nggi 30 yil davomida professional futbol murabbiyiman, lekin professional futbolda, ayniqsa "Barselona"da bunday narsalar ro'y berishini kutmagan edim. Bunday hatti-harakatlar UEFA tomonidan taqiqlangan, ammo Flik va Tapalovich ushbu harakatlari bilan meni yaxshi manoda hayron qoldirishdi. Shunday do'stlarim borligidan xursandman. Do'stlarimdan juda minnatdorman.

Bundan tashqari so'nggi bir yil davomida ko'plab ajoyib futbol murabbiylari bilan do'stona uchrashdim, asosan oilalarimiz haqida va yoshligimizda ro'y bergan qiziqarli voqealarni esladik. Albatta, futbol rivoji va yuqori darajadagi futboldagi yangiliklar haqida ham gaplashdik. 

Ko'rib turibsizki, so'nggi bir yil men uchun ajoyib bo'ldi. Biroq ochig'ini aytsam, yana yuqori darajadagi futbolni va ishimni sog'indim. Agar yana qiziqarli imkoniyat va chaqiruv paydo bo'lsa, o'ylab ko'raman. 





- O'zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. O'zbekistonning saralashdagi ishtirokini kuzatib bordingizmi? O'zbekiston, Tojikiston, Qirg'iziston yoki umuman Markaziy Osiyo terma jamoalarini hali hamon kuzatyapsizmi? 

- Albatta, butun o'zbek hamjamiyatini va xalqni bunday katta va tarixiy natija bilan tabriklayman. Shuningdek, tahririyatingizning barcha xodimlari va jurnalistlarini ham tabriklayman. Bunday natija qayd etilishida OAVning xizmati katta. Sizlar muxlislar va jamoa o'rtasidagi ko'priksizlar.

Terma jamoangiz o'z guruhida birinchi o'rinni egallashi ham mumkin edi, nazarimda. Qirg'iziston terma jamoasining ham bir nechta o'yinlarini tomosha qildim. Eski va qadrdon do'stlarim Tojikistonning hech qaysi o'yinini o'tkazib yubormayman.


- Tojikiston terma jamoasi sizning qo'l ostingizda Osiyo Kubogidagi debyutidayoq chorak final bosqichiga qadar etib bordi. Ushbu tarixiy natijadan so'ng terma jamoani tark etdingiz? Nima uchun shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildingiz? Tojikistonni tark etishingizga nima sabab bo'ldi?

- Shartnoma 2024 yilda yakunlanar edi va Tojikiston futbol federaciyasi shartnomani uzaytirishni istayotgan edi. Moliyaviy jihatdan ham hech qanday muammo yo'q edi. Sababi men tomondan pul yoki boshqa narsalar haqida gap bo'lmadi, chunki pul, mening 30 yillik murabbiylik faoliyatimdan davomida hech qachon mening uchun asosiy rag'bat o'rnida bo'lmagan.

Men juda og'ir oilaviy muammolarga duch keldim va bu haqda ommaviy axborot vositalaridan hech kimga gapirmaganman. Chunki 6 hafta ichida hayotimdagi muhim insonlarning birini yo'qotishdan oldin u bilan so'nggi kunlarni birga o'tkazishni istagan edim. Bu haqda faqatgina Tojikiston futbol federaciyasi rahbariyatiga aytganman. Shuning uchun men oilam bilan so'nggi damlarni o'tkazish va shundan so'ng yangi hayot boshlashni reja qilgandim. Buning uchun menga yangi kuch va biroz vaqt kerak edi.

Chunki siz Gruziya, Afg'oniston, Maldiv orollari va Tojikiston kabi mamlakatlarning bosh murabbiyi bo'lib ishlash, har doim o'sha mamlakatdagi ishingizga butun vujudingiz bilan kirishishingiz va bor kuchingizni sarflashingiz talab etiladi. Men bazi futbolchilar, odamlar yoki ayniqsa bosh murabbiy sifatida o'zimning faqat 50-80%ga berilib bilan ishlashni yoqtirmayman. O'zimga bo'lgan talablarimga ko'ra, men o'z ishimga faqat va faqat 100% berilishim kerak. Bosh murabbiy butun jamoaga va futbolchilarga namuna bo'ladi. Shuning uchun, bosh murabbiy jamoada har doim eng ko'p mehnat qiluvchi shaxs bo'lishi kerak.

Men o'z principlarimga qarshi borishni istamadim va shu sababli Tojikiston terma jamoasini tark etdim. O'sha vaqti men 100% etiborimni ishga qarata olmas edim, buning sababini esa avvalroq aytib o'tdim. Tojikiston terma jamoasi esa 100%lik ishtiyoq bilan ishlaydigan murabbiyga loyiq. Tojikistondan ketish men uchun ham juda qiyin bo'ldi, lekin men o'z principlarim va hayotiy falsafamga qarshi bora olmas edim. Shu sababli bunday qarorga keldim.

Tojikiston bilan birinchi marta Osiyo Kubogi saralashidan o'tganimiz, Qirollar Kubogi va Merdeka Kubogini qo'lga kiritganimiz hamda Tojikiston debyut musobaqada muvaffaqiyatli ishtirokimiz va yana ko'plab yorqin o'yinlar. Men bu ikki yildan ortiq vaqt ichida juda ko'p kuch sarfladim. Osiyo Kubogidan so'ng menda kuch qolmagan edi va men o'sha paytda oilamning yonida bo'lishim talab etilardi.

Men hali hamon Tojikistonni sog'inaman, ajoyib Tojikiston xalqini, ayniqsa bu aql bovar qilmaydigan buyuk futbolchilarni. Lekin men yana bir bor yangi chaqiruvlarga tayyor bo'lishim uchun birinchi navbatda oilaviy muammolarimni hal qilishim va o'zimga etibor berishim kerak.

Oila azolarimdan birini yo'qotganimdan va biroz vaqt o'tganidan so'ng, o'zimni yana yaxshi his qilyapman. Men hozir yangi va o'zgacha taklif kutmoqdaman. Chunki hayotimizda, Tojikiston kabi qiziqarli chaqiruvlarni biroz ko'proq kutishga to'g'ri keladi.



- Bir necha kun avval Germaniya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Yoaxim Lyov bilan tushgan suratingiz ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Yaqinda esa saytimizda Yoaxim Lyov O'zbekiston Futbol Associaciyasi bilan terma jamoani boshqarish bo'yicha muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Siz Lyov bilan O'FA taklifi haqida suhbatlashmadingizmi? Agar sir bo'lmasa, u bilan nimalarni muhokama qildingiz?

- "Jogi" bilan 27 yillik do'stmiz. 2008 yilda Lyov Germaniya term jamoasi bosh murabbiyi edi, Xansi Flik esa uning assistenti. O'sha yillarda men Gruziyada edim.  Oliver Birxoff esa terma jamoalar bilan ishlash bo'limi bosh menejeri edi. O'sha yili Lyov va Birxoff menga qo'ng'iroq qilishgan va Germaniya U21 terma jamoasini menga topshirishmoqchi ekanligini aytishgan edi. Muzokaralar va muhokamalardan so'ng men Gruziya terma jamoasida qolishni qaror qilgan edim.

Gruziyada men U21 terma jamoasi bosh murabbiyi va o'sha vaqtdagi terma jamoa bosh murabbiyi Klaus Topmyullyor assisteni va Gruziya futbol federaciyasi texnik direktori sifatida uch yil davomida faoliyat yuritdim.

Yoaxim Lyov va Petr Segrt JCH-2014dan oldingi yig'inlardan birida.

Meni tushunasan degan umiddaman, biz u bilan shaxsiy narsalarni gaplashdik. Ularni senga aytishim odobga to'g'ri kelmaydi. O'zaro suhbatimiz mediada tarqalib ketishini Lyov ham, men ham istamaymiz. Men terma jamoa bosh murabbiyi bo'la turib, boshqa murabbiylarni muhokama qilmayman. U bilan O'zbekistondan bo'lgan taklif haqida ham hech qachon so'ramayman. Bu har bir murabbiyning shaxsiy ishi.

Terma jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadzeni va butun O'zbekiston xalqini ulkan muvaffaqiyat bilan tabriklayman. Timur Kapadze futbolchilik faoliyati davomida ham ajoyib futbolchi edi va terma jamoa shanini munosib himoya qilgan. Endi esa u milliy terma jamoangiz murabbiyi. U o'zining ajoyib o'yinchilari, barcha yordamchi murabbiylari va xodimlarining hamjihat mehnati, shuningdek, O'zbekiston futbol associaciyasi va hukumatining katta qo'llab-quvvatlashi tufayli sizlar ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etasiz. Bu shunchaki ajoyib va buyuk hodisa.

Umid qilamanki, O'zbekiston uchun birinchi Jahon chempionati ajoyib o'tadi va butun dunyoga o'zbek futboli qanchalik kuchli ekanligini dunyodagi futbol bo'yicha eng katta musobaqa namoyish eta oladi. Sizlarga omad tilayman va O'zbekiston oldinga!

- Janob Segrt ajratilgan vaqt va qiziqarli suhbat uchun katta rahmat.

- Germaniyadan sizning Petar Segrtingiz barchaga salom yo'llaydi.




Reyting: +6   

Fikrlar

+1   
21 iyu 14:08:45
dilmurod sport
Катанец жаҳон чемпионатида ҳеч нима кетманглар деган. Олдинги хизматлари учун рахмат. Кетгани ҳам яхшиликка! Лёв келса ҳам таркибни ўрганишга вақти кам. Копадзега ишониш ЭНГ тўғри вариант
   
22 iyu 14:27:30
Бахтиёр Ашуров
dilmurod sport foydalanuvchining fikriga javob berish
Катанец жаҳон чемпионатида ҳеч нима кетманглар деган. Олдинги хизматлари учун рахмат. Кетгани ҳам яхшиликка! Лёв келса ҳам таркибни ўрганишга вақти кам. Копадзега ишониш ЭНГ тўғри вариант
Лёв келадими - йўқми. Буни энди вақт кўрсатади. ЎзФА немис мутаҳасисини натижа учун эмас. Шунчаки жаҳон футбол жамоатчилиги этиборини Ўзбекистонга қаратиш учунгина шу ишларга қўл уриябди!
   
21 iyu 10:01:26
Азим Исмаилов
Shovruq88 foydalanuvchining fikriga javob berish
eee zaybal terma jamoa hech kimni tomorqasi emas!Olib kelsang olib kel !Oʻyiin qilishma!
Лев хали рози булгани йук термани урганяпти шунинг учун бунака маколалар хали куп чикади
   
21 iyu 01:19:18
Bahtiyor Mirzayev
Жамшид foydalanuvchining fikriga javob berish
Лекин фейсбукда билмадим "Копадзе"чиларми Катанец кетишидан олдинам Саркисян нефтчидан кетишидан олдинам ва хозир хам бизга Лёв керак эмас Копадзе узи олиб чикди узи олиб бориши керак деган маколалар чиказишмокда.топволишган бахонаси пул гуёки уша пулни Лёвга бермаса халкка таркатадигандек Копадзени макташ билан овора
Tochni kapwladzechilar ular, agar pul xaqida bolsa yollagan maqolalar, uje xalq xarip emas xammani kozi ochiq, pulni bekordan sarflash ekan, pul jigardan bolgani uchun xammaga teskari tasir qiladi , ayniqsa oziga tegishli bolmagan pulni xisoblashni yaxshi koradi bizikilar, bu pullar lyovga ketmasa boshqasiga ketadi.
   
21 iyu 00:18:28
BOBIRBEK_URINOV⚽️
Азамат Ибрагимов foydalanuvchining fikriga javob berish
Ҳа зўр суҳбат. Қизиқарли таклифлар бўлса тайёрман деб уч марта қайтаришига қараганда,ўзмтжга келиш истаги юқорироқ.
Демак шуни олса буладими?
   
20 iyu 21:44:37
Бахтиёр Ашуров
Азамат Ибрагимов foydalanuvchining fikriga javob berish
Ҳа зўр суҳбат. Қизиқарли таклифлар бўлса тайёрман деб уч марта қайтаришига қараганда,ўзмтжга келиш истаги юқорироқ.
Иллат излаганига иллатдир дунё,
Ҳикмат излаганига ҳикматдир дунё!
   
20 iyu 20:52:39
Haqiqat-2
Бошида бу тренерни хорват деб эьлон килишганди, Энди бир думалаб немис булиб колдими?)))
   
20 iyu 20:36:32
Азамат Ибрагимов
Бахтиёр Ашуров foydalanuvchining fikriga javob berish
Яхши суҳбат бўлибди!
Ҳа зўр суҳбат. Қизиқарли таклифлар бўлса тайёрман деб уч марта қайтаришига қараганда,ўзмтжга келиш истаги юқорироқ.
   
20 iyu 20:33:22
Javier
Ksprsh ko'p garirarkan boboy
   
20 iyu 19:32:18
Shovruq88
biz Lyevni hohlaymiz!
   
20 iyu 19:11:31
Бахтиёр Ашуров
Яхши суҳбат бўлибди!
-1   
20 iyu 23:27:58
Baxtiyor MYu
шу мураббий ўзбек футболига катта фойда келтиришига ишонаман. МТЖ бўлмаса хам бирор бир клубимизда бош мураббий бўлса яхши бўларди
-1   
20 iyu 19:31:27
Shovruq88
eng katta boshini boʻlsang ham Ufa prezidenti , dunyo prezidenti boʻlsang ham boʻladigan gapni gapir!,Boʻlmasa boʻlmadi de!San 39 millyobdn bittasi san holos !Halqni sarson qilma!
-1   
20 iyu 19:28:29
Shovruq88
eee zaybal terma jamoa hech kimni tomorqasi emas!Olib kelsang olib kel !Oʻyiin qilishma!
-2   
20 iyu 23:42:21
Жамшид
Shovruq88 foydalanuvchining fikriga javob berish
biz Lyevni hohlaymiz!
Лекин фейсбукда билмадим "Копадзе"чиларми Катанец кетишидан олдинам Саркисян нефтчидан кетишидан олдинам ва хозир хам бизга Лёв керак эмас Копадзе узи олиб чикди узи олиб бориши керак деган маколалар чиказишмокда.топволишган бахонаси пул гуёки уша пулни Лёвга бермаса халкка таркатадигандек Копадзени макташ билан овора
championat.asia
Яндекс.Метрика