So’nggi yangiliklar

02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  13 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  0 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  10 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  7 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  4 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

O'zbekistonning 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi uchun ovoz bering Yangiliklar

O'zbekistonning 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi uchun ovoz bering

Teglar :  O'zbekiston
2018 yil ham yakuniga etib qoldi.

Yil boshida Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo chempionatida g'alaba qozonib, tarixdan joy oldi. SHuningdek, yozda Indoneziyada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlarida ushbu jamoa chiroyli o'yin namoyish qilib, muxlislar etirofiga sazovor bo'ldi. O'sha musobaqada faqatgina omadsizlik tufayli terma jamoamiz keyinchalik chempionga aylangan Janubiy Koreyaga mag'lub bo'lgandi.

Bundan tashqari, muxlislarga vada qilinganidek milliy terma jamoamizga xorijdan yangi bosh murabbiy tayinlandi. O'zbekiston terma jamoasi mazkur murabbiy qo'lostida bir qator o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushdi. Ayni paytda esa Turkiyada Osiyo Kubogi musobaqasiga tayyorgarlik olib bormoqda.

Yanvardagi U-23 Osiyo chempionati bir qator yosh futbolchilarni muxlislarga kashf qilib berdi. Ushbu futbolchilar keyinchalik milliy terma jamoamizning yangi bosh murabbiyi Ektor Kuperning ham etiboriga tushishdi va milliy terma jamoadan taklif olishdi. Terma jamoa tarkibida Odil Ahmedov, Marat Bikmaev, Anzur Ismoilov kabi tajribali futbolchilar bilan bir qatorda, Ikrom Aliboev, Javohir Sidiqov, Aziz G'aniev kabi futbolchilar o'zlarini ko'rsata boshlashdi.

SHuningdek, turli yoshdagi erkaklar va ayollar terma jamoalarimiz ham ushbu mavsumda bir qator xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashishdi. Jumladan, Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi noyabr oyida "Dubai Cup" musobaqasida g'olib chiqdi. Karima Yo'ldosheva boshchiligidagi O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi oktyabr oyida Bishkekda bo'lib o'tgan Osiyo chempionati saralashining 1-bosqichida guruhda 1-o'rinni egalladi. Bahrom Norsafarov boshchiligidagi O'zbekiston ayollar terma jamoasi noyabr oyidagi "CAFA championship" musobaqasida tengsiz deb topildi.

Yil yakunlanar ekan, 2018 yilning eng yaxshi futbolchisi va eng yaxshi murabbiyini aniqlash vaqti kelganini elon qilmoqchimiz. Demak, O'FA tomonidan o'tkaziladigan so'rovnomada O'zbekistonda va xorijda to'p surayotgan, faoliyat yuritayotgan o'zbekistonlik futbolchi va murabbiylar ishtirok etishlari mumkin. Barcha OAV xodimlari, shuningdek, muxlislarni so'rovnomada faol bo'lishga chaqiramiz! Har bitta OAV tahririyati bitta ovozga ega, muxlislarning ovozi ham jamlanib, bitta ovoz sifatida qabul qilinadi.  

2018 yilning eng yaxshi futbolchisi kim bo'lishi kerak? O'z nomzodlaringizni birinchi, ikkinchi va uchinchi o'rinlarga joylashtirgan holda, info@ufa.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Masalan, O'zbekistonning 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisi:

1.
2.
3.

O'zbekistonning 2018 yildagi eng yaxshi murabbiyi:

1.
2.
3.

Eng ko'p ovoz to'plagan futbolchi va murabbiy yil yakunida O'FA tomonidan taqdirlanadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика