11 fev 2019 20:21

O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi yig'inga kirishdi

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Avval xabar berib o'tganimizdek, O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi shu yilning aprel oyida Osiyo chempionati saralashining ikkinchi bosqichida ishtirok etadi.

Ana shu musobaqaga tayyorgarlik ko'rish maqsadida terma jamoa azolari kecha 10 fevral kunidan yig'inga kirishishdi. Yig'in Namangan shahrida o'tkazilmoqda.
 
Yig'ini davomida asosiy etibor futbolchi qizlarning jismoniy tayyorgarligini yaxshilashga  qaratiladi. Karima Yo'ldosheva shogirdlari maydondagi mashg'ulotlardan tashqari, trenajyor zalida ham mashqlar olib borishadi. SHuningdek, yig'in davomida nazorat uchrashuvlari o'tkazish ham rejalashtirilgan.
 
Terma jamoa bosh murabbiyi Karima Yo'ldosheva mazkur yig'inga O'zbekiston U-16 terma jamoasi azosi bo'lgan Marina Kosnikova, Oysara Suyunova, Durdona Alieva va Angelina Polyushkevich kabi  bir qator futbolchilarni taklif qilgan. Maqsad kelajakda   O'zbekiston U-19 terma jamoasi asosini tashkil qiladigan yosh futbolchi qizlarni hozirdan tayyorlab borish.
 
Namangandagi o'quv-mashg'ulot yig'ini 19 fevralga qadar davom etadi.


Manba : ufa.uz
Bu xabar bilan bo'lishing:
  +1 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика