"Komo" "Manchester Siti" futbolchisni sotib oldi
18 iyu 18:27
Yangiliklar


"Komo" "Manchester Siti" futbolchisni sotib oldi
"Komo" matbuot xizmati o'tgan yozdan beri Italiya klubida ijara asosida to'p tepayotgan "Manchester Siti" tayanch yarim himoyachisi Maksimo Perronening to'liq transferini elon qildi.
22 yoshli argentinalik futbolchi A Seriya klubi bilan 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. "Siti" xavbek uchun 13 mln funt oldi.
Perrone o'tgan mavsum "Komo" safida Italiya chempionatida 26 ta o'yin o'tkazib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar