So’nggi yangiliklar

10:24Мусиала операция қилинди  0 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  2 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  6 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  4 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  8 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  3 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  5 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  4 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  1 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  5

O'zbekiston U-17 terma jamoasi ustozi Islom Ismoilov Paragvay, Panama va Irlandiyaning kuchli jihatlari haqida aytdi Yangiliklar

O'zbekiston U-17 terma jamoasi ustozi Islom Ismoilov Paragvay, Panama va Irlandiyaning kuchli jihatlari haqida aytdi

U-17 Jahon chempionati qurasi natijalariga ko'ra O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Paragvay, Panama va Irlandiya bilan bir guruhdan joy oldi.

Qura marosimidan so'ng jamoa bosh murabbiyi Islom Ismoilov musobaqa va raqiblar haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

"Har uchala raqib ham o'z mintaqasining kuchli vakillari sanaladi va bu turnirga munosib tarzda yo'l olishgan. Shu bois har bir o'yinga alohida va puxta tayyorgarlik ko'ramiz. 

Paragvay — Janubiy Amerikaning jismoniy kuch, intizom va texnika uyg'unligi bilan ajralib turadigan jamoasi. Ular hech qachon kurashdan chekinmaydi. Panama esa KONKAKAF mintaqasida yildan-yilga o'sib kelayotgan futbol maktabiga ega. Ularning o'yin uslubi tezlik, qarshi hujum va yuqori pressingga asoslangan. Irlandiya klassik Evropa futboli vakili bo'lib, kuchli shakllangan o'yin va intizomi bilan ajralib turadi. 

Shubhasiz, guruhdagi barcha jamoalar kuchli. Bu bosqichda oson raqib yo'q. Ammo biz ham Osiyo chempionlari sifatida ushbu musobaqada shunchaki ishtirok uchun emas, balki istalgan jamoaga qarshi raqobat ko'rsatish, o'z salohiyatimizni namoyon etish va yurtimiz nomini munosib himoya qilish uchun harakat qilamiz.

Jamoamizda ishonch bor, so'nggi yillarda katta tajriba orttirgan, bir qator og'ir bahslardan o'tgan va endi har bir o'yinga chuqur tahlil, aniq reja hamda yuksak ruhiy tayyorgarlik bilan chiqadi. Bor etiborimizni raqiblarni chuqur o'rganishga, iqlim va muhitga moslashishga, shuningdek, futbolchilarimizni ruhiy va taktik jihatdan eng yuqori darajada tayyorlashga qaratamiz. Yurtimiz bayrog'ini jahon miqyosida yuqori ko'tarish va futbol muxlislariga quvonch ulashish biz uchun sharafdir", – deya takidladi Islom Ismoilov.

Avvalroq O'zbekiston U-17 Jahon chempionati "J" guruhidan joy olgani malum bo'lgandi. Bugun malum qilinishicha, o'zbekistonlik o'smirlar iyun oyida Janubiy Amerikada yig'in o'tkazadi va u erda Chili va Boliviya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi. 

Reyting: +9   

Fikrlar

+2   
26 may 12:07:47
Otabek Sidikov
Баракалла.Зур мурабий етишиб чикяпти факат йулига гов булмаслик керак.U17 жамоамиз Дуне микиесида хам хали узини курсатади .Кизик Бир холат феврал ойларида козок биродарларимиз Достон Сатпаевни Абдукодир Хусанов Билан тенглаштиришганди .МанаU17 да Достонга тенг келадиган Бази жихатларда утиб кетадиган нечта футболчилар куринди.Майли жамоамизга мундиалда омад тилаб коламиз.
+1   
26 may 12:00:51
Ayubkhon Mukhammadjonov
Irlandiyani Benfikada o'ynedigon futbolchisi borakan
   
26 may 16:46:00
QosimNozimBavariyaChmpn
Ayubkhon Mukhammadjonov foydalanuvchining fikriga javob berish
Irlandiyani Benfikada o'ynedigon futbolchisi borakan
Bizda Osiyo chempionlari bor va yana Bunyodkor stadioni bor ;')
championat.asia
Яндекс.Метрика