So’nggi yangiliklar

01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  16 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  16 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  1 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:50"Машъал" Про-лига вакили билан назорат ўйинида 2 тўп фарқидаги ғалабани ушлаб қола олмади  3 20:29"Шўртан" 4 футболчини таркибига қўшиб олганини маълум қилди  2 19:58"Манчестер Юнайтед" Уоткинс борасида музокараларни давом эттирмоқда  5

O'zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov bo'yicha rasmiy Bayonot Yangiliklar

O'zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov bo'yicha rasmiy Bayonot

Teglar :  Nesterov
Bir qator ommaviy axborot vositalarida O'zbekiston milliy tera jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterovdan Osiyo Kubogi davomida olingan tahlillarda taqiqlangan modda topilgani haqida malumotlar paydo bo'ldi.

O'zbekiston futbol associaciyasi bu masala bo'yicha quyidagilarni malum qiladi:

Haqiqatan ham, Osiyo futbol konfederaciyasi tomonidan O'zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterovdan Osiyo Kubogi doirasida olingan tahlillar natijasida uning qonida taqiqlangan modda aniqlangani haqida rasmiy xat O'zbekiston futbol associaciyasi va Nesterov ayni paytda to'p surayotgan Saudiya Arabistonining "Uhud" klubiga yuborilgan.  Ammo mazkur xatda bu masala bo'yicha hozirda OFK Tartib-intizom qo'mitasi ish olib borayotgani, hali yakuniy qaror qabul qilinmagani, ungacha esa bu malumotni oshkor qilmay turish so'ralgan. Tabiiyki, yakuniy qaror qabul qilingunga qadar Ignatiy Nesterov hech qaysi jamoa tarkibida maydonga tusha olmasligi ham xatda malum qilingan.

SHunga qaramay, "Uhud" klubi o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bu malumotni ommaga oshkor qilib, Nesterov doping qabul qilgani tufayli OFK tomonidan chetlatilgani haqida xabar tarqatdi.  Bu esa professional klub maqomiga to'g'ri kelmaydigan holatdir. 

Terma jamoa shifokorlari Ignatiy Nesterov bilan bu masalada suhbatlashishganda, Nesterov Osiyo Kubogi davomida terma jamoa shifokorlarining ruxsatisiz va ularni ogohlantirmay vazn tashlashga yordam beruvchi dori qabul qilgani malum bo'ldi. O'FA Ignatiy Nesterovning bu xatti-harakatini qoralaydi, shu bilan birga futbolchining ataylab taqiqlangan moddalarni qabul qilish maqsadi bo'lmaganini, bu dori tarkibidagi bazi moddalar taqiqalanganini bilmaganini malum qiladi.

Vazn tashlash boks, kurash kabi sport turlarida sportchiga natijaga erishish uchun yordam berishi mumkin, ammo futbolda bu holatning natijaga erishishga umuman tasiri yo'q.  OFK mana shu jihatlarni ham o'rganib chiqib, Tartib-intizom qo'mitasi yig'ilishidan so'ng yakuniy qarorni qabul qiladi. Ungacha esa barcha ommaviy axborot vostilaridan Ignatiy Nesterov bo'yicha xabar yozayotganda mana shu jihatlarga etibor qaratish so'raladi.



Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика