So’nggi yangiliklar

01:48Галлахер "Атлетико"га ўтишни хоҳламоқда  0 01:25"Ювентус" Йилдизни қўйиб юборишни хоҳламаяпти  0 00:57"Атлетико" "Челси" ўйинчисининг трансфери бўйича ишларни бошлаб юборди  0 00:29Игорь Сергеев ҳаракат қилаётган "Патум Юнайтед" жамоаси ўртоқлик ўйинида ЕЧЛ финалчиси "Боруссия"ни тор-мор келтирди!  0 23:55"Барселона" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  2 23:27Жамшид Саидов: "Бизда юқори мақсадлар йўқ, вазифа ўтган мавсумдан кўра яхшироқ иштирок этиш"  1 22:57"Бунёдкор" иккинчи даврада уйғонадими? Тайёргарлик қандай кетяпти? Илёс Зейтуллаев барча саволларга жавоб берди  4 22:23Расман: Шерзод Эсанов "Андижон"дан РПЛ клубига ўтди  14 21:27"Байер" Гюлерни ижарага олмоқчи эди. "Реал" ҳам, ўйинчи ҳам бунга қизиқиш билдиришмади  2 20:58Винисиус Мбаппе, Беллингем ва Эндрикнинг "Реал"га ўтишида таъсир қилган  10 20:21Максим Шацких: "Ёзги трансферлар ойнасидаги режамизни тўлиқ бажардик. Элит Осиё чемпионлар лигасидаги иштирокимиз ҳам қизиқарли кечиши аниқ"  20 19:47МЮ Амрабатни "Фиорентина"дан 20 млн евро эвазига харид қилмайди, аммо...  2 19:09Баҳром Ҳайдаров: "Қолган жамоалар ҳам ухлаётгани йўқ. Иккинчи даврада камида 30 очко тўплашимиз керак"   6 18:58Ламела Греция клуби билан шартнома имзолади  2 18:24"Ал Иттиҳод" АПЛдаги ўйинчи учун 51 млн фунт тўлайди  2

Tartib-intizom qo'mitasining qarorlari. Nesterov, Tursunov ikkita o'yinga chetlatildi. Navbahor vice-prezidenti jarima to'laydi Yangiliklar

Tartib-intizom qo'mitasining qarorlari. Nesterov, Tursunov ikkita o'yinga chetlatildi. Navbahor vice-prezidenti jarima to'laydi

O'zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda so'nggi turlar doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko'rib chiqildi.

Superliga
«Navbahor lochinlari» — «Neftchi»

Superliganing 26-turi doirasidagi «Navbahor lochinlari» — «Neftchi» uchrashuvining 78-daqiqasida «Navbahor lochinlari» futbol klubi futbolchisi I.Nesterov uchrashuv to'xtatilgan vaqtda texnik zonani tark etib, maydonga chiqqanligi hamda tartibsizlik vujudga keltirgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Ignatiy Nesterovga (Navbahor lochinlari) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Navbahor lochinlari» — «Neftchi»

Superliganing 26-turi doirasidagi «Navbahor lochinlari» — «Neftchi» uchrashuvi davomida «Navbahor lochinlari» futbol klubi vice prezidenti O.Samatov texnik zona hamda maydonga chiqib, provakacion harakatlar qilgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Otabek Samatovga (Navbahor lochinlari) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

OKMK — «Nasaf»

Superliganing 26-turi doirasidagi OKMK — «Nasaf» uchrashuvining 83-daqiqasida OKMK futbol klubi futbolchisi S.Tursunov raqib o'yinchisining yuz qismiga qo'li bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Sanjar Tursunovga (OKMK) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Superliganing 25-turi doirasidagi «Turon» — «Andijon» uchrashuvining 37-daqiqasida «Turon» futbol klubi futbolchisi A.Aysarov to'p uchun kurashish vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Asilbek Aysarovga (Turon) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

OKMK — «Turon»

Superliganing 24-turi doirasidagi OKMK — «Turon» uchrashuvi yakunlangandan so'ng, «Turon» futbol klubi shifokori A.Sotiboldiev bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Adhamjon Sotiboldievga (Turon) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.

«Olimpik» — «Navbahor lochinlari»

Superliganing 25-turi doirasidagi «Olimpik» — «Navbahor lochinlari» uchrashuvining 90+8-daqiqasida «Navbahor lochinlari» futbol klubi futbolchisi L.CHermel to'p uchun kurashish vaqtida qo'lining tirsagi bilan raqib o'yinchisining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Luka CHermelga (Navbahor lochinlari) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Turon» — «Andijon»

Superliganing 25-turi doirasidagi «Turon» — «Andijon» uchrashuvi yakunlangandan so'ng «Turon» futbol klubining bosh murabbiyi Y.Nazarov o'yindan keyingi matbuot anjumanida tasdiqlanmagan, noto'g'ri malumotlar bergani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Yorqin Nazarovga (Turon) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Superliga va Pro liga reglamenti»ning 10.18-bandida Superliga klubi musobaqada futbolchining funkcional holatini masofadan turib manitoring qilish imkonini beruvchi moslamadan foydalanish hamda bu boradagi xisobotni O'FA uchun taqdim etishi kerakligi belgilangan. Aniqlanishicha, 2023 yilgi Superliga musobaqasida ishtirok etgan «Andijon», «Navbahor Lochinlari», «Bunyodkor», «Metallurg», «Buxoro», «Neftchi» futbol klublari mazkur moslamani xarid qilgan bo'lsada, belgilangan hisobotni O'FAga taqdim etmagan. SHuningdek, OKMK va «Nasaf» futbol klublari ushbu moslamani xarid qilmagan va belgilangan talabni umuman bajarmagan. O'FA Intizom kodeksining 5.22-bandiga asosan reglament talablarini bajarmagani uchun mazkur futbol klublariga nisbatan jarima intizom chorasini qo'llash belgilandi.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, «Andijon», «Navbahor Lochinlari», «Bunyodkor», «Metallurg», «Buxoro» va «Neftchi» OKMK va «Nasaf» futbol klublariga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Pro-liga
«Mashal» — «SHo'rtan»

Superligaga o'tish o'yini doirasidagi «Mashal» — «SHo'rtan» uchrashuvining 71-daqiqasida «Mashal» futbol klubi futbolchisi S.Sindarov to'p uchun kurashish vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisining tizza qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Sobit Sindarovga (Mashal) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.

Birinchilik Kubogi
«Olimpik farm» — «Do'stlik Toshkent»

Birinchilik Kubogining 6-turi doirasidagi «Olimpik farm» — «Do'stlik Toshkent» uchrashuvining 33-daqiqasida «Do'stlik Toshkent» jamoasi futbolchisi A.Rahimov to'p uchun kurashish vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Abdulaziz Rahimovga (Do'stlik Toshkent) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.

«Cementchi» — «Nasaf farm»

Birinchilik Kubogining 6-turi doirasidagi «Cementchi» — «Nasaf farm» uchrashuvining 90+1-daqiqasida «Nasaf farm» jamoasi futbolchisi J.Nematov yon hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Jahongir Nematovga (Nasaf farm) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.

U-21 chempionati
«Navbahor U21» — «Bunyodkor U21»

U21 chempionatining 24-turi doirasidagi «Navbahor U21» — «Bunyodkor U21» uchrashuvining 38-daqiqasida hamda uchrashuv yakunlangandan so'ng «Navbahor U21» jamoasi murabbiyi X.Rizaev bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Hasan Rizaevga (Navbahor U21) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Metallurg U21» — «Olimpik U21»

U21 chempionatining 26-turi doirasidagi «Metallurg U21» — «Olimpik U21» uchrashuvining 89-daqiqasida «Olimpik U21» jamoasi futbolchisi A.Odilov bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Alisher Odilovga (Olimpik U21) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.

«Olimpik U21» — «Navbahor U21»

U21 chempionatining 25-turi doirasidagi «Olimpik U21» — «Navbahor U21» uchrashuvining 78-daqiqasida «Navbahor U21» jamoasi futbolchisi M. Abdullaev to'p uchun kurashish vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisining tizza qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Muxammadqodir Abdullaevga (Navbahor U21) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.

«Neftchi U21» — «Qizilqum U21»

U21 chempionatining 25-turi doirasidagi «Neftchi U21» — «Qizilqum U21» uchrashuvi yakunlangandan so'ng «Neftchi U21» jamoasi murabbiyi A.Alijonov yon hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Aziz Alijonovga (Neftchi U21) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Bunyodkor U21» — «Metallurg U21»

U21 chempionatining 25-turi doirasidagi «Bunyodkor U21» — «Metallurg U21» uchrashuvining 58-daqiqasida «Metallurg U21» jamoasi futbolchisi B. Abdullaev boshi bilan raqib o'yinchisining yuz qismiga zarba bergani hamda «Bunyodkor U21» jamoasi futbolchisi A. Foziljonov unga javoban B.Abdullaevni bo'yin qismidan bo'g'ganligi va bir-birlariga nisbatan tajovuzkor harakat qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Behruz Abdullaevga (Metallurg U21) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.

«Bunyodkor U21» — «Metallurg U21»

U21 chempionatining 25-turi doirasidagi «Bunyodkor U21» — «Metallurg U21» uchrashuvining 58-daqiqasida «Metallurg U21» jamoasi futbolchisi B. Abdullaev boshi bilan raqib o'yinchisining yuz qismiga zarba bergani hamda «Bunyodkor U21» jamoasi futbolchisi A. Foziljonov unga javoban B.Abdullaevni bo'yin qismidan bo'g'ganligi va bir-birlariga nisbatan tajovuzkor harakat qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Abdufattox Foziljonovga (Bunyodkor U21) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.

«Surxon U21» — «Olimpik U21»

U21 chempionatining 21-turi doirasidagi «Surxon U21» — «Olimpik U21» uchrashuvining 89-daqiqasida «Surxon U21» jamoasi futbolchisi A.Eshqobilov to'p uchun kurashish vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Azizbek Eshqobilovga (Surxon U21) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.

Futzal Oliy ligasi
«Metallurg» — «Maksam CHirchiq»

Futzal Oliy ligasi 4-turi doirasidagi «Metallurg» — «Maksam CHirchiq» uchrashuvining 35-daqiqasida «Metallurg» jamoasi futbolchisi I.Bituraev qo'l qismi bilan raqib o'yinchisining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Islom Bituraevga (Metallurg futzal) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.

Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarni har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, professional bo'lishga chaqiramiz. Sizlar o'sib kelayotgan yoshlar uchun namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib o'tamiz!

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика