Manba: Ignatiy Nesterov "Navbahor" safiga qo'shiladi
29 iyu 2023 15:08
Yangiliklar
Manba: Ignatiy Nesterov "Navbahor" safiga qo'shiladi
"Championat.asia" jurnalisti Tolibjon Qosimovning xabar berishicha, tajribali posbon Namanganga yo'l oladi.
"Oxirgi jamoasi "Qizilqum" bo'lgan tajribali darvozabon Ignatiy Nesterov yangi klubga o'tish arafasida. "Paxtakor" klubi mashg'ulotlarida ham ishtirok etgan posbon vodiyga yo'l oladi.
O'zbekistonda yozgi transfer oynasi 5 iyul kuni ochiladi. Ignatiy Nesterov iyul boshida "Navbahor" jamoasi safiga borib qo'shiladi. Tomonlar o'zaro kelishuvga erishgan.
Eslatib o'tamiz, "Navbahor"ni oldinda OCHL saralashi ham kutib turibdi", – deyiladi Tolibjon Qosimov xabarida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar