So’nggi yangiliklar

02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  213 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  2 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  6 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  2 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  12 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  12 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  22 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  19 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7

Osiyo Kubogiga boradigan etakchilarimiz, Osiyo Kubogida necha yoshda debyut qilganlar? Yangiliklar

Osiyo Kubogiga boradigan etakchilarimiz, Osiyo Kubogida necha yoshda debyut qilganlar?

Yana bir necha kunlardan so'ng start oladigan qita chempionatiga oid qiziqarli malumotlarni berishda davom etamiz.

IGNATIY NESTEROV. 2004 yil. 21 yosh.


MTJning asosiy posboni Ignatiy Nesterov 2004 yil Xitoyda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogining 3-tur o'yinida debyut qilgan. 21 yoshli posbon qita chempionatiga uchinchi darvozabon sifatida boradi. Ravshan Haydarov va Yurgen Gyode juftligi asosiy o'yinlarni Evgeniy Safonovga ishonib topshiradilar. Guruhdagi so'nggi uchrashuvda murabbiylar Ignatiy Nesterovga imkoniyat beradilar. Bahrayn bilan bo'lib o'tgan chorak final o'yinida darvozaga yana Safonov turadi. O'sha bahsda biznikilar penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berganlar. Kechagidek esimda, imtihonga tayyorlanayotgan edim. Qo'limdagi barcha darsliklar havoga uchgan edi. Evaziga otamdan gap eshitganman.

Osiyo Kubogi 2004. "S" guruhi.
O'ZBEKISTON - Turkmaniston - 1:0 (0:0)

26.07.2004. 3-tur. CHonking. "Olimpiyskiy" stadioni. 34000 tomoshabin.
Gol: Mirjalol Qosimov, 58.
O'zbekiston: Nesterov Ignatiy, Fyodorov Andrey, Aliqulov Asror, Nikolaev Aleksey, Koshelev Leonid, Kapadze Timur, Magdeev Ildar (Soliev Anvar, 77), Zeytullaev Ilyos (Qosimov Mirjalol, 46), Inomov Islom, Xolmurodov Zafar (SHishelov Vladimir, 83), Bikmaev Marat.


MARAT BIKMAEV. 2004 yil, 18 yosh.

Marat Bikmaev ham qita chempionatidagi debyutini 2004 yilda o'tkazgan edi. 18 yoshga to'lgan hujumchining debyut o'yini 2-turga to'g'ri kelgan. Saudiya Arabistoni terma jamoasini mag'lubiyatga uchratgan o'yinimizda Marat 78-daqiqada uchrashuvda hisobni ochgan Aleksandr Geynrix o'rniga maydonga tushgan. Qizig'i shundaki, darsliklarimni osmonga uchishiga sabab Bikmaev bo'lgandi. Bahrayn bilan o'yindagi penaltilar seriyasida Bikmaev va Koshelev gol ura olmagan edilar.

O'zbekiston - Saudiya Arabistoni 1:0 (1:0)
22.07.2004. 2-tur. CHengdu. "Sichuan Longcuani" stadioni. 22000 tomoshabin.
Gol: Geynrix Aleksandr (13).
O'zbekiston: Safonov Evgeniy; Fyodorov Andrey; SHirshov Nikolay; Aliqulov Asror; Qosimov Mirjalol (Inomov Islom, 64); Akopyanc Andrey; Jeparov Server; Soliev Anvar (Zeytullaev Ilyos, 60); Kapadze Timur; SHishelov Vladimir; Geynrix Aleksandr (Bikmaev Marat, 78).


ANZUR ISMOILOV. 2007 yil, 22 yosh.


Oradan bitta musobaqa o'tib Anzur Ismoilov 4ta davlatda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogida debyut o'yinini o'tkazgan. Mezbonlarga qarshi kechgan o'yin Anzurning musobaqadagi birinchi va so'nggisi bo'lgan. Lekin Anzur 12-o'yinchi bo'lib musobaqani asosiy tarkibda o'tkazgan.

Osiyo Kubogi-2007.
Malayziya - O'ZBEKISTON - 0:5 (0:3)
14.07.2007. 2-tur. Kuala Lumpur. "SHox Alam" stadioni. 7137 tomoshabin.
Gollar: SHackix Maksim (10, 89), Kapadze Timur (30), Bakaev Ulugbek (45+2), Ibragimov Aziz (85).
O'zbekiston: Nesterov Ignatiy; Karimov Xayrulla; Ismoilov Anzur (Ibragimov Aziz, 50); Nikolaev Aleksey; Inomov Islom; Denisov Vitaliy (Solomin Pavel, 68); Karpenko Viktor; Jeparov Server; Kapadze Timur; Baqoev Ulug'bek (Geynrix Aleksandr, 63); SHackix Maksim.


ODIL AHMEDOV. 2011 yil, 23 yosh.

Odil Ahmedov Osiyo Kubogidagi debyutini 2011 yil 23 yoshida o'tkazgan. 2007 yilgi qita chempionati yakuniga etganidan keyin murabbiylar nazariga tushgan yarimhimoyachi o'sha-o'sha MTJning asosiy futbolchisi va BAAdagi musobaqaga sardor sifatida tashrif buyuradi. Kim biladi murabbiylar uni Bikmaevga o'xshab ertaroq payqaganlarida, OK-2007dagi natijamiz boshqacharoq bo'larmidi?

Osiyo Kubogi-2011.
Qatar - O'ZBEKISTON - 0:2 (0:0)
1-tur. Doxa. "Xalifa" stadioni . 37143 tomoshabin.
Gollar: Ahmedov Odil (59), Jeparov Server (77).
O'zbekiston: Nesterov Ignatiy; Jo'raev Sahob (Andreev Stanislav, 54); Karpenko Viktor; Ismoilov Anzur; Ahmedov Odil; Hasanov Jasur (Tursunov Sanjar, 66); Kapadze Timur; Haydarov Aziz; Jeparov Server; SHackix Maksim; Geynrix Aleksandr (Novkarov Olim, 89).

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика