So’nggi yangiliklar

11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  4 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  5 09:30Ўтган мавсумдаги Суперлиганинг "энг яхши ёш футболчиси" фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  2 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  16 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  7 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  11 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  17 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  3 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  3 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  10 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  76

Osiyo Kubogi prevyusi. BAA - Tailand Yangiliklar

Osiyo Kubogi prevyusi. BAA - Tailand

BAAda bo'lib o'tayotgan Osiyo Kubogida bugundan 3-tur bahslari start oladi.

Bugun Al Ayn va SHarjadagi o'yingohlarda BAA - Tailand hamda Hindiston - Bahrayn bellashuvlari bo'lib o'tadi. Har ikkala uchrashuv bir xil vaqtda, yani 21:00da boshlanadi.

Guruhdagi vaziyat 

2-tur uchrashuvlaridan so'ng BAA terma jamoasi 4 ochko bilan peshqadamlik qilyapti. Hindiston bilan Tailandda bir xil 3 ochkodan bor. Musobaqaning ilk o'yinida kichik shov-shuv ko'targan Bahrayn esa atigi 1 ochko bilan oxirgi o'rinni egallab turibdi.

BAA

Musobaqa mezbonlari turnirni durang bilan boshlashdi va keyingi turda Hindistonni 2:0 hisobida mag'lub etishdi. Mazkur bellashuvda Xalfan Muborak bilan Ali Mabxut tomonidan kiritilgan gollar muhim uch ochkoni taqdim etdi.

Tailand

Tailand ilk turda kutilmaganda yirik hisobda Hindistonga yutqazib qo'ydi. Agar bu jamoa 2-turda yana mag'lubiyatga uchraganida hozir musobaqa bilan xayrlashgan bo'lardi. Ammo tailar o'tgan o'yinda Bahraynni kichik hisobda enga olishdi.

O'yindan oldingi fikrlar

Alberto Zakkeroni (BAA terma jamoasi bosh murabbiyi): - "Biz keyingi bosqichga chiqishga juda yaqin turganimizdan xursandmiz. Lekin bu bilan to'xtab qolmoqchi emasmiz. Guruh bosqichini peshqadam sifatida yakunlashni xohlaymiz. O'ylaymanki, jamoam o'yindan o'yinga kuchayib boryapti".

Sirisak Yodyardtxi (Tailand termasi vaqtincha bosh murabbiyi): - Bizning guruhda istalgan voqea ro'y berishi mumkin, shu bois bu haqda o'ylayotganim yo'q. Meni faqat o'yin qiziqtiryapti. Bahs nihoyasiga etganidan so'ng bizda guruhdagi vaziyatni tahlil qilish uchun vaqt bo'ladi".

Qiziqarli malumotlar

- Bu o'yin Osiyo Kubogi doirasida BAA va Tailand o'rtasidagi dastlabki to'qnashuv bo'ladi. 

- BAA terma jamoasi 1992 yilgi Osiyo Kubogida guruh o'yinlarida mag'lub bo'lmagan 

- Tailand o'z tarixida ikkinchi bor musobaqa mezboniga qarshi o'ynaydi. Birinchisi 2000 yilgi musobaqada sodir bo'lgan bo'lib, Livanga qarshi bahs 1:1 hisobida yakun topgan. 

- Nihoyat BAA terma jamoasi o'tgan tur o'z darvozasidan to'p o'tkazib yubormay oxirgi 9ta o'yindan beri ilk marta quruq o'yin o'tkazdi. CHunki jamoa Hindistonni 2:0 hisobida mag'lub etdi. 

- Tailand 2007 yilgi Osiyo Kubogida Ummoni mag'lub etganidan beri birinchi marta yana g'alabaga erishdi, ular Bahrayndan 1:0 hisobida ustun kelishdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика