So’nggi yangiliklar

15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  6 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  0 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1 13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  1 12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  2 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  11 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  1 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  1 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  5

Osiyo Kubogi. Eron - Yaman. O'yindan oldingi matbuot anjumani Yangiliklar

Osiyo Kubogi. Eron - Yaman. O'yindan oldingi matbuot anjumani

Bugun "D" guruhida 1-tur bahslariga start beriladi.

G'oliblikkka asosiy davogarlardan biri Eron milliy terma jamoasi ilk turni Yamanga qarshi o'tkazadi. O'yindan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirok etishdi. 

Eron termasi ustozi Karlush Keyrushning o'yindan oldingi fikrlari quyidagicha bo'ldi: 

"Bu futbol. Agar siz yaxshi harakat qilmasangiz, g'alabaga haqli bo'lmaysiz. Biz bu erga chiroyli o'yin ko'rsatib har qanday raqibni mag'lub etish uchun kelganmiz. Yaman yaxshi jamoa va biz raqibni hurmat qilishimiz kerak. Ayni paytda men jamoamdan qoniqyapman. To'g'ri, jarohat olganlar bor, lekin umuman olganda jamoa holatidan ko'nglim to'q".

Yaman terma jamoasi Osiyo Kubogida debyutant hisoblanadi. Terma jamoa bosh murabbiyi Yan Kosian o'yindan oldin shunday dedi: 

"Eronni butun dunyo biladi. Ular jahon chempionatida o'zlarini ko'rsata olishdi. Karlush Keyrushni ham ko'pchilik taniydi. U dunyodagi eng yaxshi murabbiylardan biri. Lekin biz ham futbolda o'z nomimiz chiqishini istaymiz. Yaman qita birinchiligida ilk bor qatnashyapti, shunga qaramay ijobiy taassurotlar bilan qaytib ketishni xohlaymiz. Men guruhdagi har uchala raqibni hurmat qilaman. To'g'risi hech qanday bosimni his qilayotganimiz yo'q. Agar Eronni mag'lub etsak, juda katta ishni bajargan bo'lamiz".

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика