So’nggi yangiliklar

02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  214 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  2 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  6 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  2 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  12 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  13 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  22 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  19 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7

Osiyo Kubogi-2019: Kuchli murabbiylar "jangi" Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2019: Kuchli murabbiylar "jangi"

Navbatdagi Osiyo Kubogi nafaqat jamoalar, balki kuchli murabbiylarning o'zaro "jangi"ga ham aylanishi kutilmoqda.

Zamonaviy futbolda murabbiylarning o'rni nihoyatda katta. Hech qaysi jamoani bosh murabbiysiz tasavvur qilib bo'lmaydi. BAAda bo'lib o'tadigan musobaqada ham tajribali murabbiylar katta sahnaga chiqsa ajab emas. Ayni paytda Osiyoning bir qator terma jamoalarini nomdor murabbiylar boshqarmoqda. 

Masalan, Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi Marchello Lippi 2006 yilgi jahon chempionatida g'olib bo'lgan. Filippin terma jamoasini boshqarayotgan Sven-Goran Erikksson esa Angliyani ikki bor JCH chorak finaliga olib chiqqan. Eron terma jamoasi ustozi Karlush Keyrush ortiqcha tarifga muhtoj emas. Qariyb 8 yildan beri Eronni boshqarib kelayotgan Keyrush ikki bor bu jamoani jahon chempionatiga olib chiqdi. Bu murabbiy shuningdek, JAR va Portugaliya termalari bilan ham mundialda ishtirok etgan. 

Nomdor murabbiylar qatoriga bemalol O'zbekiston terma jamoasi ustozi Ektor Kuperni ham qo'shsak bo'ladi. O'z vaqtida ikki bor Ispaniyaning "Valensiya" klubi bilan Evropa chempionlar ligasi finalida o'ynagan argentinalik mutaxassis o'tgan yil Misr terma jamoasining 28 yillik orzusini ro'yobga chiqarib jahon chempionatiga olib chiqdi. Albatta, bu murabbiydan o'zbekistonlik muxlislarning umidi katta.

Kuchli murabbiylar haqida gap ketganda BAA ustozi Alberto Zakkeronini ham tilga olib o'tish o'rinli bo'ladi. Italiyalik mutaxassis 2011 yilgi Osiyo Kubogida Yaponiyani chempionlik shohsupasiga etaklab kelgandi. Endilikda BAA bilan ham ijobiy natijaga erishishga harakat qilib ko'radi. Osiyoda anchadan beri ishlayotgan xorijlik murabbiylar ham yo'q emas. Masalan, germaniyalik Bernd SHtange bir necha yildan beri qitamizda ishlab kelmoqda. Ushbu mutaxassis hozirda Suriya termasi ustozi hisoblanadi. 

Yoki bo'lmasa Ummon terma jamoasi bosh murabbiyi Pim Verbek haqida ham etarli malumotga egamiz. Gollandiyalik mutaxassis o'z vaqtida Avstraliya terma jamoasini boshqargani ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. Xorijlik murabbiylar orasida Srechko Katanec bilan Xuan Antonio Picci ham o'ziga yarasha nom qozonishgan. Masalan, Katanec Evro-2000da Sloveniya termasiga ustozlik qilgandi. Hozir bu murabbiy Iroq termasini boshqaryapti. Xuan Antonio Picci esa shu yilning yozida o'tgan jahon chempionatida Saudiya Arabistoni terma jamoasini boshqardi. 

Navbatdagi Osiyo Kubogi nafaqat yoshi katta va tajribali, balki nisbatan yosh murabbiylarning ham o'ziga xos musobaqasiga aylanadi. Oddiy misol Janubiy Koreya terma jamoasi Paulu Bentu qo'l ostida ancha o'sishga erishdi. Rossiyalik Aleksandr Krestinin boshchiligidagi Qirg'iziston esa tarixda birinchi marta Osiyo Kubogiga yo'l oldi. O'z paytida "Paxtakor"ni boshqargan Miodrag Radulovich Livan bilan yuksak marralarni ko'zlayapti. Bundan tashqari ispaniyalik yosh murabbiy Feliks Sanches ham Qatarni kuchaytira oldi. 

Bir so'z bilan aytganda, qattiq qishda bizni jazirama futbol kutib turibdi deya olamiz. BAAdagi Osiyo Kubogining qanchalik qiziq kechishi ko'p jihatdan murabbiylarga ham bog'liq. Bizning diqqat-etiborimiz esa birinchi navbatda Ektor Kuperga qaratiladi.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика