So’nggi yangiliklar

17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  0 17:27Суперлига. "Машъал" - "Шўртан". Таркиблар маълум  0 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  3 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  6 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  4 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  102 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  6 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  4 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  12 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1

O'rtoqlik o'yini. "Dinamo" Qozog'iston chempionati sovrindorini mag'lub etdi Yangiliklar

O'rtoqlik o'yini. "Dinamo" Qozog'iston chempionati sovrindorini mag'lub etdi

Teglar :  DinamoAktobe
"Dinamo" Turkiya yig'ini doirasidagi uchinchi o'rtoqlik o'yinida Qozog'iston chempionatining amaldagi bronza medali sohibi "Aktobe"ga qarshi maydonga tushdi.

Vadim Abramov shu kuni ikkita tarkibni sinovdan o'tkazdi. Birinchi bo'limda Vohidjon Oqbo'taev kuchli zarbasi bilan hisobni ochdi – 1:0.

Ko'p o'tmay, bosh hakam Dushan Miyichni oddiy qo'pollik uchun maydondan chetlatdi. 40-daqiqada esa hakam "Dinamo" darvozasi tomon penalti belgiladi va qozoqlar hisobni tenglashtirishdi – 1:1.

Ikkinchi bo'limda esa tarkib deyarli to'liq o'zgargach, jamoa yanada hujumkor o'ynadi. SHu kuni zaxiradan maydonga tushganiga 5 daqiqa ham bo'lmagan ko'rikdagi legioner Franchesko Iminovning uzatmasini golga aylantirib, samarqandliklarni hisobda oldinga olib chiqdi – 2:1.

80-daqiqada esa Sanjar SHoahmedov qarshi hujumda Farrux Ikromovni yakkama-yakka vaziyatga olib chiqqach, u darvozabonni dog'da qoldirib, to'pni Anvar Hojimirzaevga etkazdi va u o'yin taqdiriga nuqta qo'ydi – 3:1.

SHu tariqa, Samarqand jamoasi Qozog'iston klubini mag'lub etib, Turkiya yig'inida birinchi g'alabasiga erishdi.

O'rtoqlik o'yini. 15 fevral (payshanba)

"Aktobe" (Qozog'iston)  - "Dinamo" (O'zbekiston) - 1:3

Gollar: Umaniyazov penaltidan 40 – Vohidjon Oqbo'taev 5,  Franchesko 45, Anvar Hojimirzaev 80.

"Dinamo" (1-bo'lim): Farhod Rahmatov, Dushan Miyich, Anvarjon Fayzullaev, Komil SHarofutdinov, Muhammadbobur Asadullaev, Vohidjon Oqbo'taev, Akbar Ismatullaev, Javlon Malikov, Xislat Xalilov, Emmanuel Yagr, Kojo Joel.

"Dinamo" (2-bo'lim): Ravshan Yagudin, Xurshid Ubaydullaev, Artyom Sokol, Odil Abdumajidov, Salim Mustafoev (Ulug'bek Abdullaev, 70), Franchesko (Damir Temirov, 65), Sanjar SHoahmedov, Francis Narx, Humoyunmirzo Iminov, Farrux Ikromov, Kojo Joel (Anvar Hojimirzaev, 50).

CHetlatish: Dushan Miyich, 31.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика