OK-2019. O'zbekiston - Ummon. O'yinoldi matbuot anjumanida Kuper va Odil Ahmedov ishtirok etadi
08 jan 2019 02:27
Yangiliklar


OK-2019. O'zbekiston - Ummon. O'yinoldi matbuot anjumanida Kuper va Odil Ahmedov ishtirok etadi
Ertaga, 9 yanvar kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi-2019dagi ishtirokini boshlaydi.
Terma jamoamizning dastlabki turdagi raqibi Ummon bo'ladi.
Bugun ana shu bahs oldidan har ikkala terma jamoa bosh murabbiylari va bir nafardan o'yinchilari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi. Unda bosh murabbiyimiz Ektor Kuperga terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov hamrohlik qiladi. Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o'tamiz, bizning vakillarimiz ishtirokidagi anjuman mahalliy vaqt bilan soat 15:15 (Toshkent vaqti bilan 16:15)da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar