OFK ECHL. "Al Vasl" g'alabani qo'ldan chiqardi
04 mar 04:28
Yangiliklar


OFK ECHL. "Al Vasl" g'alabani qo'ldan chiqardi
OFK Elit Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi bahslaridan o'rin olgan "Al Vasl" - "Al Sadd" uchrashuvi yakuniga etdi.
Uchrashuvning 3 daqiqasidayoq hisobda oldinga chiqib olgan "Al Vasl" 33 daqiqada yana gol urishga muvaffaq bo'ladi, ammo VAR vaziyatga aralashib, ofsayd borligini malum qiladi. BAA jamoasi g'alabani ushlab qola olmadi. 68 daqiqada Al Yazidi Akrom Afifning uzatmasini golga aylantirdi. Shu tariqa dastlabki o'yin 1:1 hisobida yakuniga etdi.
Ushbu jamoalar o'rtasidagi javob bahsi 10 mart kuni Qatarda bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar