So’nggi yangiliklar

01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" - "Челси" 0:2 (онлайн ҳисоб)  10 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  0 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  4 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  12 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  6 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  3 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

O'FA Qashqadaryo futbol akademiyasini "Paxtakor"ga, Sirdaryodagisini "Metallurg"ga beryapti Yangiliklar

O'FA Qashqadaryo futbol akademiyasini "Paxtakor"ga, Sirdaryodagisini "Metallurg"ga beryapti

Malumki, shu yilning yoz oylaridan boshlab har bir viloyat markazida O'FA akademiyalari faoliyat olib bormoqda.

Bizga malum bo'lishicha, ushbu akademiyalar davlat byudjeti tomonidan moliyalashtiriladi. Lekin tez orada barcha 14ta akademiya Superliga va Proliganing ayrim klublariga biriktirilishi mumkin. Bunga sabab sifatida bazi klublarning o'z akademiyasi yo'qligi aytilmoqda.

Lekin qizig'i shundaki, agar bu borada tegishli qaror qabul qilinsa, Qashqadaryo futbol akademiyasini bundan buyon "Paxtakor" otaliqqa oladi. CHunki "Nasaf" bilan "Mashal"ning o'z akademiyasi bor. SHuningdek, "SHo'rtan" jamoasi qoshida ham futbol maktabi faoliyat yurityapti va barcha sharoitlarga ega.

2019 yildan boshlab turli hududlarda joylashgan 14ta akademiya quyidagi klublar ixtiyoriga o'tishi kutilyapti.

Toshkent shahar futbol akademiyasi - "Lokomotiv"
Toshkent viloyati futbol akademiyasi - AGMK
Namangan futbol akademiyasi - "Navbahor"
Farg'ona futbol akademiyasi - "Qo'qon-1912"
Andijon futbol akademiyasi - "Andijon"
Sirdaryo futbol akademiyasi - "Metallurg"
Jizzax futbol akademiyasi - "So'g'diyona"
Samarqand futbol akademiyasi - "Dinamo"
Qashqadaryo futbol akademiyasi - "Paxtakor"
Surxondaryo futbol akademiyasi - "Surxon"
Buxoro futbol akademiyasi - "Buxoro"
Navoiy futbol akademiyasi - "Qizilqum"
Xorazm futbol akademiyasi - "Xorazm"
Qoraqalpog'iston Respublikasi futbol akademiyasi - "Orol"

Demak, bu ish amalga oshsa aytib o'tganimizdek, Qarshi shahridagi viloyat futbol akademiyasi "Paxtakor", Sirdaryodagi akademiya esa "Metallurg" qaramog'iga o'tadi. Bu keyinchalik qanday foyda berishi mumkinligi to'g'risida yaqin orada kattaroq maqola qilishga harakat qilamiz.

X.Xoliqov

Reyting: -38   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика