So’nggi yangiliklar

09:08Европанинг 4 та ТОП клуби “Реал“ футболчисига қизиқиш билдирмоқда  0 08:37Финалга чиққан “Челси“ клублар ўртасидаги ЖЧдан қанча ишлаб олди?  1 08:05“Сўғдиёна“ икки нафар легионери билан хайрлашди  0 07:37“Реал Мадрид“ самолёти бўрон туфайли Нюаркка аэропортига узоқ вақт қўнолмади  1 02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  22 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  7 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  15 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  3 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  9 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5

"Nasaf"ning 6 yillik murabbiyi jamoadan ketishi mumkin Yangiliklar

"Nasaf"ning 6 yillik murabbiyi jamoadan ketishi mumkin

"Nasaf" jamoasi ustozi Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi shtabda ishlab kelgan taniqli mutaxassis Denis Ivankovning klub bilan tuzgan bitimi yakunlandi.

Ayni paytda O'zbekiston terma jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat ko'rsatayotgan mutaxassis 6 yildan buyon "Nasaf"da darvozabonlarni shug'ullantirib kelmoqda. Ro'ziqul Berdiev jamoa ruliga o'tirganidan buyon shtabdan o'rin olgan mutaxassis kelasi mavsumni ham "Nasaf"da o'tkazishi hal etilmagan. Malum bo'lishicha, tomonlarning o'zaro kelishuvi yakunlangan va shartnoma uzaytirilmagan.

Ivankov "Nasaf"dagi faoliyati davomida turli yoshdagi terma jamoalar va MTJ darajasidagi Eldorbek Suyunov, O'tkir Yusupov va Umidjon Ergashev kabi iqtidorli posbonlarni tarbiyalashga muvaffaq bo'ldi. SHuningdek, Ivankov "Nasaf"dan avval ishlagan "Mashal"dagi faoliyati davomida ham ajoyib posbonlarni chiqarishda jonbozlik ko'rsatgan. Ulardan biri Sanjar Quvvatov. O'tgan mavsumlar davomida ustoz va shogird Qarshida ham birga ishlashga muvaffaq bo'ldi. Ayni paytda Ivankovning barcha shogirdlari terma jamoalarga nomzod darvozabonlar hisoblanadi.

Denis Ivankov kelasi yilda Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi bilan BAAda o'tadigan qita chempionatida ishtirok etadi. Katta ehtimol aynan Osiyo Kubogidan keyingina klubdagi faoliyati bo'yicha yakuniy to'xtamga keladi.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика