So’nggi yangiliklar

10:53Англия терма жамоаси аъзоси "Арсенал"га ўтмоқда  0 10:20Россиянинг олти карра чемпиони фаолиятини юртимизда давом эттириши мумкин  12 09:46"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолаши мумкин  4 09:11"Навбаҳор"нинг Аброр Исмоилов олдида қанча қарзи борлиги маълум бўлди  8 08:32"FourFourTwo" "Барселона" тарихидаги энг яхши футболчилар рейтингини тузди  13 08:13Райс мухлисларнинг норозилиги ҳақида: "Бу менга ёқмади. Мадуэке ҳали нималарга қодирлигини кўрсатади"  0 01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  3 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  17 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  20 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1

Mirjalol Qosimov: "FIFA kunlari jamoamiz foydasiga ishlamadi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "FIFA kunlari jamoamiz foydasiga ishlamadi"

Superliga 13-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "OKMK" (3:0) uchrashuvidan so'ng matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda dastlab OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.

- O'yin bobida yomon harakat qilganimiz yo'q. Futbolda shunaqa, bazan mayda detallar ham ko'p narsani hal qilib ketadi. O'yin boshida tezkor gol o'tkazdik, keyinchalik birinchi taym yarmidan o'tib yana to'p qo'yib yubordik va har ikkala gol biz uchun tushunarsiz bo'ldi. Bu esa raqib jamoaga qo'l keldi. "Neftchi" bilan uydagi o'yinda ham tushunarsiz gol o'tkazib yuborgandik. Bizda vaziyatni o'nglash uchun vaqt bor edi. Masalan, 60-daqiqada Daci to'p kiritganida o'yin tizgini o'zgarib ketishi mumkin edi. Nimayam derdim, "Navbahor"ni g'alaba bilan tabriklayman. FIFA kunlari jamoamiz foydasiga ishlamadi. Hali hammasi oldinda, to'g'ri xulosa chiqarib keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.

- OKMK jamoasining markaziy himoyachisi Sardor Rahmonov jamoadan ketishi nima bilan bog'liq

- Hech narsa bilan bog'liq emas. Sardor bizga ko'p yillar yordam berdi. Lekin futbolda har bir narsaning boshi bo'lgani kabi oxiri ham bor. Rahmonov biz bilan iliq xayrlashib ketdi, bir-birimizga omad tiladik. Bugungi o'yinga va mag'lubiyatga Sardorning hech qanaqa aloqasi yo'q.

- Bilamizki, jamoangiz ko'p o'yinlarda kambek amalga oshirdi. Bugun 2:0dan keyin ham vaziyatdan chiqib ketsa bo'larmidi va bunga nima etishmadi?

- Yana kambek qilishimiz uchun gol etishmadi. Aytib o'tganimdek, agar 60-daqiqada gol urganimizda hammasi boshqacha bo'lardi. Qulay vaziyatdan foydalana olmaslik futbolchilarning asabiylashishiga sabab bo'ladi. Bugungi o'yinda ham shunday bo'ldi.

- O'tgan o'yindagi natija (OKMK - "Sho'rtan" 0:0) bugungi uchrashuvga tasir qildimi?

- Hech qanaqa tasir qilgani yo'q va bugungi o'yinga aloqasi ham yo'q. Chunki bir o'yin boshqasiga tasir qilaversa umuman futbol o'ynab bo'lmaydi. Bugun yutqazdik va buni tezroq unutib 25 iyun kuni bo'ladigan Kubok bahsiga hozirlanishimiz kerak. Biz har bir bahsga yutuqni maqsad qilib chiqamiz. "Navbahor" tezkor gol urgach tempni tushirishga, biz esa aksincha ko'tarishga harakat qildik.

- "Navbahor"ni qanchalik o'rgangan edingiz?

- Biz har bir raqibni o'rganib boramiz, lekin maydonda umuman boshqa narsa tus olishi mumkin. "Navbahor"da Jiyanov, Odilov, Ubaydullaev kabi vaziyat yarata oladigan yaxshi futbolchilar bor. Bugun omad yuz foiz "Navbahor" tomonda bo'ldi deb bemalol ayta olaman.

- Jamoangiz 4ta turdan beri g'alaba qozona olmayapti. Buning sabablari nimada deb o'ylaysiz

- Endi har tur kambek qilishning iloji yo'q. O'tgan tur "Sho'rtan" bilan ham vaziyatlar bo'lgandi. Gol urmasang yutmaysan.

- Mavsum boshidagi uchrashuvlarda OKMK o'yindan tashqari holat chizig'ini ushlashni juda yaxshi qo'llab kelayotgandi. Masalan, "Bunyodkor" bilan o'yinda ham shu narsa ko'ringan edi. Lekin qarshi hujumlarda jamoangizda muammolar borligi ko'zga tashlanyapti.

- Buni doim takidlab kelamiz. Bitta maqol bor-ku, ko'rpani o'zingga tortsang narigi tomoni ochilib qoladi. Bu bilan nima demoqchiman, jamoa hujumga chiqsa, himoyada bo'shliqlar yuzaga keladi. Darvozabon yakka o'zi qolib ketishi mumkin. Futbolda har doim hamma joyni to'ldirish mushkul, baribir qaerdir ochiq qoladi. Shunaqa paytda kimdir foydalanib ketishi mumkin.

"Nasaf" bilan ham 1:1 payti faqat yutuqni ko'zlab turgandik. Lekin yo'q joydan Shuhrat Muhammadiev to'pni oldinga tepib yubordi, darvozabonimiz bilan himoyachimiz bir-birini tushunmay qoldi, bundan esa Cheran unumli foydalanib ketdi. Futbol shunisi bilan qiziq. Biz ochiq futbol o'ynaymiz, muxlislarimizga ham katta rahmat, shuncha masofa bosib Namanganga kelib bizni qo'llab turishdi.


 




Reyting: -2   

Fikrlar

+2   
22 iyu 10:42:38
Abduvali Abdukarimov
Osiraqqa arpa uni baxona
Navbahor kecha zor oynadi himoyaga gap yoq(Neftchi muhlisi)
+1   
22 iyu 19:13:11
Logistika
Миржалол ака хақиқатда тирик афсона,
У киши терма таркибида бўлганларида кўнглимиз хотиржам бўларди холос. Саломат бўлсинлар, илохим
+1   
22 iyu 12:47:07
Усмонбек
Шогирдлариз жадвалда лидер бувогани 2 та 3 та уйинда комбек килгани оеги ердан узилишига сабаб булди деб уйлиман бунга оддий мисол олдинлари стадионга келган еш болажонлар форма сурашса берарди узларича лидер буволиб уша болачалардиям менсимай куйишди узим шахсан стадиондан кузатдим буни бироз танобини тортиб куймасангиз булар бурни кутарилиб колди стадион Энди тулишди бошлаганди афсус яна 15 та мухлис кирадиган булди стадионга
   
22 iyu 14:36:58
Бахтиёр Ашуров
Nargiza Mirodxojayeva foydalanuvchining fikriga javob berish
Mirjalol Qosimov O'zbekiston respublikasi futbol olamidagi tirik yagona Afsonasi bo'ladi. Sal o'ylab fikr bildirilar.
Булар икки юзламачи!
-1   
22 iyu 12:48:49
Nargiza Mirodxojayeva
Mirjalol Qosimov O'zbekiston respublikasi futbol olamidagi tirik yagona Afsonasi bo'ladi. Sal o'ylab fikr bildirilar.
championat.asia
Яндекс.Метрика