"Milan" Almoez Aliga qiziqmoqda
06 fev 2019 21:39
Yangiliklar


"Milan" Almoez Aliga qiziqmoqda
Italiyaning "Milan" klubi o'z safiga Osiyo chempionini qo'shib olmoqchi.
"Rossonerlar" Qatar terma jamoasi safida Osiyo Kubogida g'olib chiqqan Almoez Aliga qiziqib qolgan. Bu haqda Osiyo futbolini yoritadigan jurnalist Tomas Danichek tvitterda yozdi.
Hujumchi BAAda o'tgan Osiyo Kubogida 9ta gol urib to'purar va musobaqaning eng yaxshi futbolchisi degan nomga sazovor bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar