So’nggi yangiliklar

09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  7 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  2 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  5 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6

Manchini shogirdlaridan rekordlar yoxud Italiya saralashni qanday o'tkazdi? Yangiliklar

Manchini shogirdlaridan rekordlar yoxud Italiya saralashni qanday o'tkazdi?

Manchini 81 yillik rekordni yangilashga erishdi.

2017 yil noyabr oyida Italiya termasi JCHga chiqa olmay ko'pchilikni shokka tushirib qo'ygandi. Hali saralash bosqichi davom etayotgan bir vaqtda, Jijji Buffon termaning mundial uchun libosini ommaga ko'rsatib ham ulgurgandi. Asosiy tarkibda asosan otaxon futbolchilar harakat qilar, Jampero Ventura shogirdlari zerikarli o'yin namoyish etardi. Oradan ikki yil o'tdi: italiyaliklar Evro saralashidan bir nafasda o'tib ketishdi (10 o'yinda 10ta g'alaba) va mehmondo'stlik tamoyillarini butkul unutgan holda, raqiblarini 37:4 hisobida taslim etishdi. Oxirgi zarba Armaniston termasiga "nasib qildi". Mehmonlar Palermoga ne umidlar bilan kelishgandi, ammo o'yin 9:1 hisobida yakunlandi.


Italiya termasidan rekordlar shodasi:


• Italiya tarixda 4 bor va 1948 yildan buyon ilk marta bir uchrashuvda 9 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Avvalgi safar London Olimpiadasida AQSH o'z darvozasidan (9:0) shuncha gol o'tkazgandi. 1928 yil Italiya Franciyani shu hisobda mag'lub etgan, bundan yirikroq hisob Antverpendagi Olimpiya o'yinlari-1920 da Misr termasiga qarshi o'yinda qayd etilgan (11:3).

• Armeniya bilan to'qnashuvda 7 futbolchi gol urishga muvaffaq bo'ldi – bunaqasi ilk bor! Bunday o'yinlarda odatda hujumchilar "mazza" qilishardi, lekin tunda 3 forvard, 3 yarim himoyachi (Barella va Orsolini bir taymdan o'ynashdi, lekin shunda ham gol urib ulgurishdi) va 1 himoyachi.

• Faqat 4 jamoa Evro saralashida Italiyadan ko'proq gol urgan. Germaniya – San-Marino darvozasiga (13:0 2006 yil), Ispaniya – Malta darvozasiga (12:1 1981 yil), Gollandiya – yana San-Marino darvozasiga (11:0 2011 yil) va Franciya – Ozarbayjonga (10:0 1995 yil).

• Tarixda birinchi marta Italiya saralashning barcha bahslarida zafar quchdi: yuz foizlik natija italiyaliklarda avval na Evro va na JCH saralashlarida bo'lmagan. 

• Manchini – Italiya termasi bilan ketma-ket 11 o'yinda g'alaba qozongan birinchi murabbiy. Bosniya va Gercegovinaga qarshi o'yinda Roberto Vittorio Pocconing rekordini yangilagandi (1938 yil uning qo'l ostidagi jamoga qatorasiga 9 uchrashuvda g'olib bo'lgandi), Armeniya bilan to'qnashuv orqali Manchini g'alabali seriyasini davom ettirdi.

• "Roma" muxlislari uchun yoqimli xabar: Nikolo Zanolo Italiya termasi safida maydonga tushgan va gol urgan (rim jamoasining) eng yosh futbolchisi bo'ldi: 20 yosh 139 kunlikda dubl. Nikolo bu borada klub afsonasi Daniele De Rossini (21 yoshda va 42 kunlik) ortda qoldirdi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика