"Manchester Siti" 401 xonali yangi mehmonxona barpo etadi
05 mar 20:45
Yangiliklar


"Manchester Siti" 401 xonali yangi mehmonxona barpo etadi
Klub 2026 yil oxirida ishga tushirilishi rejalashtirilgan hashamatli mehmonxona bo'yicha Radisson Hotel Group bilan tuzgan hamkorlik shartnomasi haqida elon qildi.
Mehmonxona nomi "Etixad" kampusi ostidan oqib o'tuvchi Medlok daryosidan ilhomlanib, The Medlock deb ataladi.
Yil davomida faoliyat ko'rsatadigan ushbu otel "Etixad" stadioni va Co-op Live'dagi tadbirlarga tashrif buyuruvchi musiqa va sport muxlislari, shuningdek, kampus va Manchesterni ziyorat qilayotgan mehmonlar uchun qulay va shinam maskan bo'ladi.
Yuqori toifali mehmonxona Radisson Blu tarmog'iga qo'shiladi va klubning Etihad kampusidagi 300 mln funt sterlinglik loyihasining tarkibiy qismiga aylanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar