So’nggi yangiliklar

08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  5 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  32 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3

Jorje Jezus: "Barcha muammolarimizga maydonning yomon holati sabab bo'ldi" Yangiliklar

Jorje Jezus: "Barcha muammolarimizga maydonning yomon holati sabab bo'ldi"

Elit OCHL nimchorak final bahsidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Hilol" (1:0) bahsidan so'ng saudiyaliklar bosh murabbiyi Jorje Jezus matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

"Pley-off bahsining birinchi qismi yakunlandi. Endi bizni javob uchrashuvi kutib turibdi. Riyoddagi uchrashuvga bor etiborimizni qaratishimiz kerak. Bunday maydonda o'zimiz istagan futbolni namoyish eta olmadik. Shu sababli o'z o'yinimizga o'zgarishlarga kiritishga majbur bo'ldik. Uzun paslar va ikkinchi to'pga birinchi bo'lib egalik qilishga harakat qildik. Bunday maydonda sifatli futbol namoyish etish qiyin masala. Bunday sovuq ob-ob-havoda jarohatlarimiz soni ham ko'payib ketdi. Minus besh harorat va maydonning yomon holati bunga sabab bo'ldi. Bugungi o'yindagi mag'lubiyat emas, asosiy tarkib o'yinchilarini yo'qotganimiz men uchun eng yomon natija bo'ldi. Endi keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Bir haftadan so'ng Riyodda o'ynaymiz" - dedi Jorje Jezus.

- "Al Hilol" bugun o'ziga mos futbol namoyish eta olmadi. Jamoa yaxshi hujumlar qilmadi va bir nechta futbolchilari jarohat oldi. Bunday yomon o'yinning sababi nimada deb o'ylaysiz?

- "Paxtakor"dek yaxshi shakllangan jamoa bizga ko'p muammolar keltirib chiqardi. Yana bir bor takrorlayman, bugun qaysi futbolchimiz maydonda bo'lishidan qati nazar ular o'z darajasidagi o'yinni namoyish eta olishmadi. Bunga sabab maydon holati bo'ldi. Shu sababli biz o'z uslubimizni o'zgartirdik. Biz ko'proq yakkakurashlarga etibor qaratdik, ammo bu bizning taktikamiz emas edi. O'yin bizni o'z uslubimizni o'zgartirishga majbur qildi. Sovuq ob-havo va maydon holati tufayli ko'p futbolchilarimiz o'yin oxirigacha qadar o'ynay olishmadi. Barcha muammolarimizga yomon maydon holati sababchi. Men bugun jamoam qanday o'yin namoyish etganiga emas, jamoam qanday qilib keyingi o'yinga tiklanishi muhimroq. Bugungi muammolarning sababini aytib o'tdim.

- "Paxtakor" bugun siz kutgandek o'yin namoyish etdimi?

- "Paxtakor"ning o'yini men hayron qoldirmadi. O'yin faqatgina kurashlardan iborat bo'ldi. Bunday sharoitlarda o'yinni nazorat qilish qiyin. Barchasiga maydon holati sababchi. Biz qo'limizdan kelgan barchasini namoyish etdik. Endi Riyoddagi bahs haqida o'ylashimiz kerak.


Reyting: -26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика