Amorim Evropa Ligasi haqida: "MYUda qurmoqchi bo'lgan narsamiz hozir sovrin yutishdan ancha muhimroqdir"
05 mar 19:36
Yangiliklar


Amorim Evropa Ligasi haqida: "MYUda qurmoqchi bo'lgan narsamiz hozir sovrin yutishdan ancha muhimroqdir"
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ruben Amorim Evropa ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan "Real Sosedad"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.
"Albatta, o'tgan hafta biz Angliya kubogidan chiqib ketdik. Shuning uchun insonlar hozir Evropa Ligasiga biz yutishimiz mumkin bo'lgan yagona musobaqa sifatida qarashmoqda. Bundan tashqari, bu turnir ECHLga chiqish imkonini beradi.
Biroq, rostini aytadigan bo'lsak, bizda hozir o'ylash uchun muhimroq narsalar bor. Buni gapirishim g'alati, ammo biz bu erda qurmoqchi bo'lgan narsamiz hozir sovrin yutishdan ancha muhimroqdir.
Bilaman, har birimizda javobgarlik bor. Biz barcha sovrinlar uchun kurashishimiz kerak, ammo biz hozir uzoq istiqbolli narsalar yaratishga harakat qilyapmiz", -deydi Ruben Amorim.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar