So’nggi yangiliklar

22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  0 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  1 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  5 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  0 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  5 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  2 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  20 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  3 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  1 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0

Maguayr: "Umid qilamanki, meni u erda iliq kutib olishadi" Yangiliklar

Maguayr: "Umid qilamanki, meni u erda iliq kutib olishadi"

Xarri Maguayr ushbu hafta yakunida "Manchester Yunayted" tarkibida "Bremoll Leyn" maydonida "SHeffild"ga qarshi uchrashuvdan oldin mezbon jamoa muxlislaridan iliqlikni kutmoqda.

Maguayr "SHeffild Yunayted" akademiyasida o'sgan va ushbu klub sharofati bilan futboldagi eng muhim tajribalarni orttirgan.

Jamoa tarkibidagi doimiy o'yin amaliyoti uni "qizil iblislar"ning sardori va Angliya termasidagi asosiy himoyachilardan biriga aylantirishda muhim hissa qo'shdi.

"Omadim kelgan. Ushbu jamoa tarkibida o'ynab, katta tajriba to'plaganman. "SHeffild" tarkibida 3-4 yilda har mavsumda 50tadan uchrashuvda qatnashganman.

Bu menga juda, juda yoqardi. Futbolda katta amaliyotga ega bo'lish uchun doimiy o'ynashni istardim. Murabbiylar shtabi esa menga bu imkoniyatni taqdim qilishdi. Hattoki yosh bo'lsam ham ular menga doimiy ishonch bildirishardi.

"SHeffild Yunayted" muxlislari meni birinchi kundanoq qo'llab-quvvatlashgan va shu boisdan ulardan mamnunman.

"Bremoll Leyn"ga qaytganimda jamoa muxlislari meni iliq qarshi olishadi degan umiddaman. Ushbu mavsumda "Lester" muxlislari meni "Old Trafford"da yuqori darajada kutib olishgandi!

"SHeffild" mavsumni yaxshi boshladi. Biroq har qanday raqibga qarshi o'ynasam ham, o'z ishimni bajarishim kerak. Mavsumning qolgan qismini yaxshi o'tkazishga harakat qilamiz", - dedi Maguayr.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика