So’nggi yangiliklar

01:47Франция. ПСЖ мавсумдаги илк мағлубиятини қабул қилди  4 01:13"Реал" финалга боради, ўйин бекор қилинмайди  15 00:51Флик: "Ҳакамларни нафақат ҳурмат қилиш, балки, қадрлаш ҳам керак"  11 00:15Хавьер Тебас: "Перес шикоят қилмайди, таҳдид қилади"  11 23:44Элит ОЧЛ. "Ал Ҳилол" Жанубий Корея жамоасига 7та гол урди ва ярим финалга йўл олди  9 23:17"Реал"дан расмий баёнот: "Буни қабул қилиб бўлмайди"  13 23:01RFEF ҳакамлар борасида расмий маълумот чиқарди  24 22:46НИМА? "Реал" финалда иштирок этмаслиги мумкин  30 22:27БУМ! "Реал" финал олдидан бўладиган барча тадбирларни бекор қилди. Бу бойкотми?  28 22:13"Барселона" - "Реал" ўйини бош ҳаками финал олдидан матбуот анжуманида йиғлаб юборди  15 21:54Слот АПЛ ҳақида: "Бу қийин лига, авваллари топ-5 учун бундай кураш бўлмаган"  4 21:12Кейлор Навас: "Барселона" менга қизиққани борасидаги хабар ёқиб тушди"  0 20:52"Ювентус" ЕЧЛга чиқа олмаса, катта зарарга учраши, бир қанча футболчилар кетиши мумкин  3 20:23Невилл Слот ҳақида: "У зўр ишлади. Мавсум олдидан кимдир "Ливерпуль"ни чемпион бўлади демаганди"  2 19:56"Кўринмай қолган" Жоау Феликсга 4 та клуб даъвогарлик қилмоқда  4

Maftuna Jonimqulova: “Bizga tajriba etishmadi” Yangiliklar

Maftuna Jonimqulova: “Bizga tajriba etishmadi”

O'zbekiston ayollar terma jamoasi Toshkentda o'tkazilgan "CAFA Womenʼs Futsal Championship-2023" musobaqasida 2-o'rinni egallaganidan xabardorsiz.

3-tur doirasida Eron qarshi o'tkazilgan o'yindan keyin jamoamizning asosiy posboni Maftuna Jonimqulovaning musobaqa haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

“Turnir yaxshi o'tdi. Oldingi yilga nisbatan yaxshiroq qatnashdik. Hal qiluvchi bahsda bizga tajriba etishmadi, deb hisoblayman. CHunki forslar tarkibida professional futzalchilar to'p tepyapti. Biz esa faqat terma jamoa yig'ilgan paytda futzal o'ynash imkoniyatiga egamiz. SHunga qaramay, kuchli raqibni ancha qiynadik. G'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Biroz omad etishmadi”, — deydi 23 yoshli darvozabon. 

— Katta futboldan kelib, birdaniga parket ustida o'ynab ketish qiyin bo'lsa kerak...

— Albatta. Tashqaridan bir xildek ko'rinishi mumkin, lekin futzal va futbol orasida juda katta farq bor. Bizda chempionat yo'q. Barcha qizlar musoboqaga 10 kunlik tayyorgarlik bilan ishtirok etishdi.

— Jamoamizdan turnir davomida eng faol bo'lgan futzalchi sifatida kimni ko'rsatasiz?

— Bu jamoaviy sport bo'lgani uchun kimnidir ajratib ko'rsatmayman. Hamma qo'lidan kelgancha harakat qildi.

— “Sevinch” 3 yillik tanaffusdan keyin Oliy Ligani yutdi. CHempionlik yoqimli bo'ldimi?

— Rahbariyat o'tgan yil boshidayoq oldimizga birinchi o'rin vazifasini qo'ygan edi. Og'ir mavsum bo'ldi. Qiyin o'yinlar, jarohat va yo'qotishlar bo'ldi. SHunga qaramay “Oltin dubl” sohibiga aylandik. Uzoq kutilgan g'alaba yoqimli bo'lar ekan.

— Kelayotgan mavsumda jamoaning ambiciyalari o'zgarmaydimi?

— Yo'q. Biz har doim eng yaxshisi uchun kurashamiz. CHempion bo'lishdan ko'ra, uni saqlab qolish qiyinroq. SHu tomondan juda qiziqarli mavsum bo'lsa kerak. Bundan tashqari, chempionlar ligasi bahslarida qatnashamiz. Bu ham o'ziga xos motivaciya beradi...

Malumot uchun, Maftuna Jonimqulova 1999 yil Qarshi shahrida tug'ilgan. U 2010 yildan (11 yosh) "Sevinch" klubi azosi hisoblanadi.

Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика