Lunin "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin
26 iyu 10:36
Yangiliklar


Lunin "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin
"Real"ning ukrainalik darvozaboni Andrey Lunin yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin, deya xabar bermoqda MSN.
Manbaga ko'ra, 25 yoshli posbonga Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi qiziqish bildirgan. "Qizil iblislar" ustozi Ruben Amorim jamoa rahbariyatiga darvozabon sotib olish shartini qo'ydi. Birinchi raqamli nishon - "Aston Villa"dan jahon chempioni Emiliano Martines, ikkinchi raqamli nomzod aynan Lunin.
Biroq, Martines Saudiya klublaridan yanada foydaliroq moliyaviy takliflarga ega, shuning uchun inglizlar yaqin orada "Real" bilan Luninga oid muzokaralarni faollashtirishi mumkin.
O'tgan mavsumda Lunin barcha musobaqalarda 14ta o'yin o'tkazib, 19ta gol o'tkazib yuborgan. Bundan tashqari, ukrainalik olti marta "quruq o'yin" o'tkazgan. Transfermarkt internet portali malumotlariga ko'ra, futbolchining taxminiy narxi - 18 mln evro.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar