So’nggi yangiliklar

10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  0 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  7 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  5 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  21 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  3 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  2 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  2 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  3

Kapadzening 3 yil avvalgi natijasi yana takrorlanadimi? "Olimpik Mobiuz" Superligani ko'zlamoqda Yangiliklar

Kapadzening 3 yil avvalgi natijasi yana takrorlanadimi? "Olimpik Mobiuz" Superligani ko'zlamoqda

2021 yil boshlangan “Olimpik” loyihasining davomchisi sifatida o'tgan yili “Olimpik Farm” jamoasi tuzildi.

2005-2006 yil tug'ilgan futbolchilardan iborat bu jamoaning asosiy maqsadi 2028 yil Los Anjeles olimpiadasiga tayyorgarlik ko'rish hisoblanadi. Joriy yil ilk bor Pro ligada qatnashadigan jamoaga Farhod Nishonov ustozlik qilmoqda. Bir necha kun oldin jamoa “Aral”ga qarshi nazorat uchrashuvida qatnashdi. Murabbiy Farhod Nishonov saytimiz muxbiri bilan bo'lgan suhbatda yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonlari bilan o'rtoqlashdi. 


"Olimpik Mobiuz" nomi bilan Pro ligada qatnashadigan bo'ldik. Tayyorgarlik reja asosida ketmoqda. Tarkibimiz faqat yosh futbolchilardan iborat. Ular 18-19 yoshdagi o'yinchilar hisoblanishadi. U-20 terma jamoasiga nomzod futbolchilarni jamoaga taklif qilganmiz. Eng yoshi kattalarimiz 2005 yil, eng kichigi 2007 yil. Superligada, o'z jamoasi asosiy tarkibida o'ynayotgan va nomzod futbolchilarni bezovta qilmaganmiz. O'yin amaliyotisiz qolganlarni jalb qilganmiz. Maqsadimiz Superligaga yo'llanma olish. 

Hozirgi tarkibimizdan kelib chiqib aytganda biroz qiyin bo'lishi mumkin. Sababi futbolchilar hali yosh. Lekin bizning maqsadimiz bor. SHu bois yaxshi tayyorgarlik olib bormoqdamiz. Pro liga jamoalariga qarshi nazorat uchrashuvlarida o'ynamoqdamiz. Aytish mumkinki, daraja borasida Superliganikidan qolishmaydi",- deydi Farhod Nishonov. 



Malumot uchun, 2021 yil Pro ligada debyut qilgan "Olimpik" Timur Kapadze qo'l ostida ilk mavsumdayoq Superligaga yo'llanma olgan edi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика