So’nggi yangiliklar

21:51Трентнинг "Реал"га ўтганига бўлган муносабат Майкл Оуэнга ёқмади  0 21:25Элдор Шомуродов: "Ниятимиз финалга чиқиб, чемпион бўлиш"  0 20:59ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз майдонида Уэльсга имкониятни бой берди  6 20:40"Насаф" назорат ўйинида "Шўртан"га икки марта ютқазди  1 20:20МЮ "Атлетико" футболчисини ижарага олмоқчи бўлган, аммо рад жавобини олган  0 19:52Саудия Арабистони клублари "Челси"нинг икки футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 19:24Де ла Фуэнте: "Карвахаль ва Родри – ўз позициясида дунёнинг энг яхши икки футболчиси"  1 18:56CAFA Nations Cup. Ҳиндистон Афғонистон билан дуранг ўйнаб, 2-ўринга жойлашди  7 18:22"Барселона" ва "Арсенал" "Ноттингем Форест" футболчисини нишонга олди  1 17:54"Фулхэм" "Бавария" футболчисини ижарага олди  0 17:28"Арсенал" ярим ҳимоячиси бу йил "Олтин тўп"ни кимга бериш кераклигини айтди  5 16:59"Барселона" ҳимоячиси жароҳати сабаб 3 ҳафта майдонга туша олмайди  0 16:30Манба: Паулу Бенту Мисрда ишлаши мумкин  26 16:02Станислав Черчесов: "Ўзбекистонни умуман билмайдиган ва кўп нозик жиҳатлардан бехабар чет эллик мураббийнинг дарҳол натижа келтиришига ҳеч ким кафолат бера олмайди"  56 16:01"Байер" ва "Фенербахче" бош мураббийлик учун Постекоглу номзодини илгари сурмоқда  1

Kapadze: "Kechirasizlar, lekin internetda yozilayotgan narsalar barchaga tasir qilmoqda" Yangiliklar

Kapadze: "Kechirasizlar, lekin internetda yozilayotgan narsalar barchaga tasir qilmoqda"

"CAFA Nations Cup-2025" "A" guruh 1-tur doirasidagi O'zbekiston va O'mon o'rtasidagi bahsdan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bugungi uchrashuv qiyin o'tdi. Dastlabki daqiqalarda gol o'tkazib yubordik. O'mon jamoasi ancha zich himoyalandi. Biz raqib himoyasini yorib o'tishda qiynaldik. Vaziyatlarimiz ham bo'ldi. O'mon bugungi bahsga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan ekan. Yigitlar ham bugun yaxshi harakat qilishdi"


Hojimat Erkinov

"O'yin biz uchun qiyin o'tdi va biz kutilgan natijaga erisha olmadik. Birinchi bo'limda biroz qiynaldik. Keyingi uchrashuvlarda yanada yaxshiroq harakat qilib, g'alaba qozonishga harakat qilamiz"

- Bugungi uchrashuvda asosan qanotdan hujumlar amalga oshirildi. Markaz biroz sust bo'lgandek. Shuningdek, uzoq masofadan zarbalar berilmadi. Ushbu jihatlar ustida ishlanmadimi?

- O'yinni tomosha qilgan bo'lsangiz O'mon terma jamoasi maydon markazini yopa oldi. Shu sababli biz ushbu zonadan deyarli imkoniyatlar yarata olmadik. Qanotlar ochiq bo'lgani sabab qanotlarda faol bo'ldik.


- O'mon jamoasining himoyachilari baland bo'yli futbolchilar ekan. Bunday raqiblarga qarshi qanday uslub qo'llagan yaxshi deb o'ylaysiz?

- Baland hujumchilar kerak ekan. O'mon jamoasi 10 kun avvalroq yig'in boshlagan. Yangi murabbiy kelgani uchun, tarkibdagi futbolchilar o'zini yaxshi tomondan ko'rsatishga harakat qildi. Raqibimiz tezkor gol kiritganidan so'ng himoyaga urg'u bera boshladi. Yanada ko'proq vaziyatlar yaratishimiz mumkin edi, ammo ulardan foydalana olmadik. Biz bor yo'g'i ikkita taktik mashg'ulot o'tkazishga ulgurdik. Futbolchilar ertaroq yoki kechroq yig'inga qo'shilishdi. Kechirasizlar, lekin internetda yozilayotgan narsalar barchaga tasir qilmoqda. Kimdir keldi va kimdir ketdi deyib yozishmoqda. Bularning barchasi etibor yo'qotilishiga olib keladi. Futbolchilar barchasi telefonga qarab qolgan. Bugun tayyor futbolchilar bilan maydonga chiqdik va yigitlar borini berishini. Bularning barchasi futbolchilarga tasir qilmoqda. Keyingi uchrashuvga ham durang bilan tugadi, hali xech narsa yo'qotilmadi.


Hojimat Erkinov

- JCHda o'z terma jamoangizni birinchi marotaba ishtirok etishi haqida uylayotganingizda nimalarni his etmoqdasiz?

- Hali o'ylab ko'rganim yo'q. Bunga hali vaqt bor. Hali tayyorgarlik ko'rishimiz kerak va o'rtoqlik o'yinlarda ishtirok etishimiz kerae.

- Oxirgi marotaba terma jamoamizga xorijlik murabbiy - Ektor Kuper kelganida, men bu qaror futbolimiz uchun bir qadam oldingi yurishmi degan savol bergandim. Endi esa Bentu kelmoqda. Sizningcha Bentu "Kuper 2.0"mi?

- Kecha bu haqda aytib o'tdim. Ko'ramiz. Bu rahbariyatga bog'liq. Hali xech narsa aniq emas deyishmoqda. Kim murabbiy bo'lsa ham terma jamoamiz yaxshi ishtirok etishini tilab qolaman. Men har doim terma jamoani qo'llayman, shaxslarni emas. Rahbariyatning qarorini to'g'ri qabul qilishim kerak bo'ladi. Masalan, Bentu mundialda ishtirok etgan va tajribasi bor. Balki shuning uchundir.



Hojimat Erkinov

- Maydon holatiga haqida gapirib o'tsangiz...

- Maydon yaxshi edi. Bu maydonda birinchi marta o'ynamoqdamiz.


Timur Kapadze

- Hozirgi kunda Toshkentdagi eng yaxshi maydonlardan biri shu. Ancha muncha stadiondan yaxshi.

- Terma jamoa atrofidagi yangiliklar futbolchilar va sizni etiboringizni tortgan. Shuningdek, biroz ishtiyoq va motivaciya pasayishiga olib kelgandek tuyuldi...

- Ishtiyoq masalasida harakat qildik. Jismoniy jihatimiz ham yomon emas edi. Bugun o'yinda ko'p xatolar qildik. Aytganimdek, yarim jamoa jarohat tiklanish bilan band, qolgan yarmini esa kelishini kutdik. Menimcha, yigitlarning holati yaxshi. Chempionatimiz davom etmoqda. Avvalroq aytganimdek, MTJ atrofidagi vaziyat barchani chalg'itmoqda. Biz ushbu gap so'zlarga etibor bermay tayyorgarlik ko'rishga harakat qildik. Keyrush O'monga yaqinda keldi va yaxshi tayyorgarlik ko'rdi.

Reyting: -28   

Fikrlar

+16   
31 avg 00:42:11
TOMJIQ_OLOT
Кападзе аут!!!
Бизга тажрибали хорижлик мураббий керак. Агар Ўмон майдон марказини ёпа олган бўлса, бошқа термалар билан йўл бўлсин... Хуллас, Кападзе кетақол...
+14   
31 avg 00:48:11
Музаффар Махмудов
Булар инет кавламай, тренировка қилишса бўмасмикин-а?
+11   
31 avg 07:07:35
Рафик Кадиров
Бошка мураббий тайинланса мен кетаман деп ишкибозларни "куркитвор" ганди. Аслида КИБРга кетувди Кападзе худдики усиз Узбекистон уйнайолмади факат узи булиши кераклигини шама килганди. Интернетга тикилмасдан узини иши бн шугулланса шунча гап суз булмайди. Энди узини оклаб мухлис-у ишкибозларни айбдор килибди юткиздингми мард бб тан олиб куявер сени ишинга шу ишкибозлар бахо беради. Кападзени подкастларда жон жахдлари бн алкаётган Бобир Жамол деган алломалар Уммон бн дурангни нима деб оклаб чикишаркан Ё яна Тохировични макташармикан шуни расмиятчилик килмасдан Кападзе деп куйишса булмасмикан жа келиштириб ухшатишмасдан.
+10   
31 avg 00:33:47
Олег Шацких 11
Кападзе дахо айримларга))
+7   
31 avg 05:20:03
Baxtigali Adilov
Кападзе ни бори шу.тренер кандай булса уйинчилар хам шунга мослашади.эрон кейруш пайтида канака эди хозир канака ?катанец пайтида футболчиларимиз ишончли уйнарди.хозирчи.халиям ракиб Уммон экан агар Италия, Испания булсачи?аник кучли тренер керак бизга
+7   
31 avg 00:40:13
REAL MADRID
Четдан тажрибали мураббий келмаса шунақа жиннича ўйинлар давом этаверади
+6   
31 avg 05:23:43
F.K.N.
Инетдаги ҳабарлар сизларга таъсир қилаётган бўлса сизлар фақат инетда ўтираверинглар биз муҳлислар ва бошқалар умуман инетга кирмай турамиз.
+6   
31 avg 00:51:53
Man_Utd Norin
shu Bentu toshkenda korinish bergandan beri Kapadzeni kayfiyati 0
+6   
31 avg 00:32:51
Mirshohid
Balki Kapadze haqdur, ammo Kapadzeni darajasi terma jamoa darajasidan pastdek nazarimda.
+5   
31 avg 07:42:57
uzbuzb
Мухлислик карарерамизда мурабийларни об хаво исиқ эди,майдонни холати ёмон эди деган бахоналарни куп уқиганмиз,аммо ,,интернетдаги гап сузлар халақит берди" деган бахонани биринчи марта уқишимиз
+5   
31 avg 00:41:47
Real Nasaf
Manimcha bu bahona xolos chunki professionalni ishi internet bilan emasda internetda har nima yoziladi ustiga Kapadzeni qolishini istasa bollar diqqatni bir joyga qòyib òynardi va yutardi Kapadze yomon murabbiy emas lekin R.Berdiyev darajasiga ham chiqishga borda hali lekin shaxsan manga Kapadze bòlsa ham boshqa bòlsa faqat va qòllayman qolganin raxbariyat hal qiladi ularni qarorini hurmat qilish kerak
+4   
31 avg 06:49:42
Норбек Пирназаров
Мана нима учун керак Бенту,Кападзеда уйин йук. Нол.уйин.
+4   
31 avg 05:49:26
Jurabek Jizzax
Olimpiadada ham tashkilotchlikni ayblagandi
+4   
31 avg 00:49:52
jamshid rakhmonov
Бу Миржалол, Абрамов, Левченко, Лушандан ҳам тажрибаси йўқ тренер. Бошқарсин бирон бир Машъал ёки Шўртанни, агар иродаси бўлса? Қосимов ҳам пастки футбол клубидан бошлгаган. Уни Отасини қанақа тарпедоси бор ёки йўқ билмадим. Бу чала тренерку!
+3   
31 avg 08:57:37
sss ddd
терма жамоага якинда келиб яхши тайёргарлик курган булса, демак кучли тренер экан Кейруш
championat.asia
Яндекс.Метрика