So’nggi yangiliklar

11:18Роналду Луис Диасни “Ал-Наср”да кўришни истамоқда — клуб 100 миллион евро беришга тайёр  0 10:46"Like Сup" қайтди. 3 та тўқнашувда 29 та гол урилган учрашувлардан галерея  2 10:19ОКМК назорат учрашувида Қирғизистон клубини йирик ҳисобда енгди  0 09:52Валижон Раҳимов: "Нима учун ўзимни кўрсата олмаганимни ҳалигача тушуниб етмадим"  2 09:15"Реал" ўзининг энг қиммат футболчиларидан бири билан хайрлашишга тайёр  6 08:51"Нефтчи"даги саҳифам ёпилди, кетиш икки томон учун ҳам фойдали бўларди" — Тома Табатадзе билан интервью  3 08:20МЛС. "Интер Майами" мағлубиятга учради, Мессининг голли серияси якунланди  3 08:00Неймарнинг голи "Сантос"га ғалаба келтирди, "Фламенго"нинг ғалабали серияси тўхтади  0 07:30"Нефтчи" мураббийи клубни тарк этди   2 01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  14 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  10 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  2 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  3 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  2

Kamoliddin Tojiev: "Biz hali chempionlik poygasini tark etmadik. Abdiholiqov 100% hal bo'ldi" Yangiliklar

Kamoliddin Tojiev: "Biz hali chempionlik poygasini tark etmadik. Abdiholiqov 100% hal bo'ldi"

Superliga 15-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvidan so'ng (2:0) mezbonlar bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bugun o'yinni to'liq nazorat qildik. Yigitlarga bergan ko'rsatmalarimiz va o'yinga bo'lgan rejamiz ishladi. Ko'plab vaziyatlar yaratdik va hisob yanada yirikroq ko'rinish olishi mumkin edi. Bugun futbolchilar terma jamoa darajasidagi o'yinni namoyish etishdi. O'zi barcha futbolchilarimiz terma jamoa o'yinchilari. Ular bugun buni isbotlab berishdi" - deya fikr bildirdi Kamoliddin Tojiev bugungi bahs haqida.

- O'tgan mavsum ikkinchi davrada "Paxtakor" safarda "Navbahor"ga yirik 2:5 hisobida mag'lub bo'lgan. Bugun o'sha yirik mag'lubiyat bugungi uchrashuvda siz uchun qo'shimcha motivaciya bo'ldimi?

- O'sha uchrashuvda 2:2 vaqtida biz qizil kartochka olgan edik. Keyin hisob yiriklashib ketgan edi. Bu erda yigitlarning o'zida ham kuchli ishtiyoq bor edi. Yana o'sha mag'lubiyat.

- "Navbahor" jamoasining uchta asosiy futbolchilari Alisher Odilov, Abbos G'ulomov va Ruslan Jiyanov bugun yorqin o'yin namoyish eta olmadi. Himoyachilarga ushbu uchta futbolchini personal ravishda qo'riqlash haqida ko'rsatma bergan edingizmi?

- Biz o'yinlarni ko'rib chiqdik va tahlil qildik. "Navbahor" tezkor qanotlarga ega va shu sababli biz beshta himoyachi bilan o'ynadik.

- "Navbahor" bugun siz kutganchalik qarshilik ko'rsata oldimi? 

- Raqibimiz so'nggi 3-4ta uchrashuvda juda jiddiy o'yin namoyish etayotgan edi. Bugun esa ularning o'yini chiqmadi.



- "Paxtakor" tarkibidagi Muhammadali Usmonov va Shahzod Azmiddinov "Andijon" safiga o'tayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarlar qanchalik rost?   

- Bu haqda eshitmadim. Balki klubga ular bo'yicha taklif tushgandir, ammo ular hozircha o'zimizga kerak.

- Aziz Turg'unboev va Hojimat Erkinov "Paxtakor"ga qaytmoqda degan xabarlar chiqdi. Ushbu xabarlar qanchalik haqiqatga yaqin? Bobir Abdiholiqov ham jamoa bilan shartnoma imzoladi degan gaplar yuribdi... 

- Bobir bilan 100% hal bo'ldi. Erkinov bilan hali hamon muzokara olib boryapmiz. Hali aniq emas, ammo 90% masala hal. Turg'unboev hali nomalum.

- "Paxtakor" hozir ajoyib formada. Siz istayotgan "Paxtakor" o'yini qanday? Bugungi o'yin siz istayotgan eng yaxshi o'yinga qanchalik yaqin?

- Bugun juda yaxshi o'ynadik. Shunday o'ynashda davom etishimiz kerak. Hozir jismoniy tayyorgarlik ustida ish olib borishimiz kerak.

- Bugungi g'alaba jamoa chempionlik poygasiga qaytishi uchun qanchalik yordam beradi? 

- Biz hali chempionlik poygasini tark etmadik. Barchasi davom etmoqda. "Paxtakor" har doim oxirigacha kurashgan.

- Hojiakbar Alijonov qaydnomaga kiritilmadi. Umar Adhamzoda esa zaxirada qoldirildi. Bunga sabab nima?

- Alijonov bir necha kun oldin shamollab qoldi. Kecha klub shifokori unga ukol qildi, ammo bu etarlicha bo'lmadi. Futbolchi bugungi uchrashuvga tayyor emas edi. Umar esa o'tgan uchrashuvda o'ynadi. Bugun esa Mahamadjonovni o'ynatishni reja qilgan edik.

- Bugungi uchrashuvni olti ochkolik o'yin degan fikrga qo'shilasizmi?

- Ha.

- "Paxtakor" chiroyli g'alabaga erishdi, lekin jamoada realizaciya masalasida jiddiy muammolar bor. Ushbu masalani qanday qilib bartaraf etmoqchisiz?  

- Buning ustida faqat ishlash kerak. Boshqa yo'l yo'q. Oldinda tanaffus bor. Tanaffus davomida vaziyatlardan yaxshiroq foydalanishni mashq qilamiz.

- Kubokni ko'pgina favorit jamoalar tark etdi. "Paxtakor"ning O'zbekiston Kubogidagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Hozir har bir jamoa bilan o'ynash qiyin. Masalan, "Mobi-uz"ga qarshi ham so'nggi daqiqalargacha o'ynadik.

- Yozda jamoani tark etishi mumkin bo'lgan o'yinchilar ham bormi? 

- Tarkibimizda o'yin amaliyotiga ega bo'lmay qolayotgan futbolchilar bor. Ular ko'proq o'yin vaqtiga ega bo'lishlari kerak. Bu haqda tez orada bilib olasiz.


Reyting: +10   

Fikrlar

+1   
07 iyu 01:43:44
nerazzuri
Иккнчи даврадан Рахтакор таркиби Суперлигада энг кучлиси булса керак лекин уйин хам шунга яраша янада кучайиши керак урток Тожиев.....
   
07 iyu 05:02:44
BXZ BXZ
Пахтакорга тезлик етишмаёпти жамоа янада тезрок харакат килиши керак асосий камчилик бу .
championat.asia
Яндекс.Метрика