So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  1 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  16 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

"Istiqlol" bosh murabbiy: "Oston O'runov bizga kerak emas deb aytmaganman. Men O'runovni OCHLdan beri kuzatib kelgandim" Yangiliklar

"Istiqlol" bosh murabbiy: "Oston O'runov bizga kerak emas deb aytmaganman. Men O'runovni OCHLdan beri kuzatib kelgandim"

Tehronning "Istiqlol" klubida Oston O'runovning transferi sababli kelib chiqqan mojaro davom etmoqda

Bir necha kun avval "Istiqlol" bosh murabbiyi Javod Nekunam va klub vice-prezidenti o'rtasida Oston O'runovning transferi sababli mojaroga borishgani haqida xabar bergan edik. Javod Nekunam "Sanat Naft"ga qarshi kechgan uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida yana bir marotaba Oston O'runovning transferi bo'yicha izoh berdi.

Javod Nekunam: "O'runov bizga kerak emas deganimni isbotlab bering. Ayrim bir shaxslarda audio isbot bor edi-ku. O'sha audio xabarni ommaga tarqatinglarKo'raylik-chi, kim O'runov bizga kerak emas degan ekan. Men Oston O'runov va yana ikkita eronlik futbolchini jamoa qo'shib olish kerakligini ko'p marotaba aytgandim. O'runovning va ikkita eronlik futbolchi menga kerak edi. O'runov transferi bo'yicha hech qanday harakat qilmadik va u "Persepolis"ga yo'l oldi"

 


SHuningdek mahalliy jurnalist Jaloliddin Masharipov "Istiqlol" safiga kelib qo'shilganidan so'ng Oston O'runov variantidan voz kechilgani haqida savol bergandi. Javod Nekunam jurnalistning savoliga qo'yidagicha javob berdi.

"OCHLdagi "Navbahor" - "Nassaji" o'yinidan keyin men O'runovni sotib olishimiz kerak dedim. Bunga olti oy bo'ldi. Mavsum yakuniga ko'ra Ostonning  "Navbahor" bilan shartnomasi tugashi va biz ushbu o'yinchini o'z safimizga qo'shib olishimiz kerakligini iltimos qilgandim. Ostonning shartnomasi uchun 200 ming AQSH dollaridan ko'proq sarflashimizdan qatiy nazar, men ushbu futbolchini o'z safimizga qo'shib olishimiz kerakligini aytgandim. Rasman xat jo'natdim ham. Masharipov esa erkin agent edi va biz uni o'z safimizga qo'shib oldik" - dedi bosh murabbiy


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика