Gyundogan Ryudiger haqida: "Tonida provokacion xulq-atvor bor. U kubok finalida chegaradan chiqdi"
30 apr 19:40
Yangiliklar


Gyundogan Ryudiger haqida: "Tonida provokacion xulq-atvor bor. U kubok finalida chegaradan chiqdi"
"Barselona"ga qarshi Ispaniya Kubogi finalida (2:3) Ryudiger ikkinchi taymda maydondan chetlatildi.
Bosh hakam Rikardo de Burgos Bengoechea "Real"ning hujumini to'xtatganida zaxirada o'tirgan Ryudiger o'zini boshqara olmadi. Hakam Kilian Mbappening "Barselona" himoyachisi Erik Garsiyaga qarshi qo'pol harakati tufayli o'yinni to'xtatgan edi. Nemis futbolchisi hakam tomonga muz parchasi otib yubordi. Natijada, Antonio 6 o'yinga diskvalifikaciya qilindi.
"Agar Toni sizning jamoangizda bo'lsa, buni juda zo'r deb hisoblaysiz, lekin u raqib bo'lsa, bu jahlingizni chiqaradi.
Tonining diskvalifikaciyasi etarli jazo bo'lishi kerak. U sinovdan o'tishiga to'g'ri keladi.
Jamoangizda Toni kabi kuch va ishtiyoqqa ega o'yinchi bo'lsa, buni maydonda o'z manfaatingiz uchun ishlatishingiz mumkin. Men buni Germaniya terma jamoasida u bilan birga o'ynagan vaqtimda his qilganman. Bu jamoaga yordam beradi va muxlislarimiz buni fantastik deb biladi. Bazida bir narsa ikkinchisisiz ishlamaydi.
Tonida provokacion va agressiv xulq-atvor bor, bu uning maydondagi o'ziga xos uslubi. Toni hissiyotli, afsuski, u Kubok finalida haddidan oshdi. Bu katta xato bo'lganiga hech qanday shubha yo'q", – dedi "Manchester Siti" yarim himoyachisi Bild nashriga bergan intervyusida.
Gyundogan Ryudigerga qarshi klublar darajasida, jumladan, "Barselona" tarkibida o'ynagan, shuningdek, Germaniya terma jamoasida u bilan birga to'p tepgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar