Gvardiolada 100, "Liverpul"da 1
04 jan 2019 03:24
Yangiliklar


Gvardiolada 100, "Liverpul"da 1
"Manchester Siti" APLning 21-turi doirasidagi markaziy o'yinida "Liverpul"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.
"SHaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya jamoasi bilan 100-g'alabaga erishdi. Ispaniyalik mutaxassis "Siti" boshqaruvini 2016 yilning yozida o'z qo'liga olgandi. U boshchiligidagi jamoa o'tgan mavsum APL chempioni bo'ldi.
SHuningdek, "Liverpul"ning ketma-ket 20 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'yildi. Jamoa bu mavsum APLda ilk marta mag'lubiyatga uchradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar