Gvardiola: "Bunaqasini kutmagandim"
10 jan 2019 11:09
Yangiliklar


Gvardiola: "Bunaqasini kutmagandim"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Liga kubogining 1/2 finali doirasida "Berton" (9:0) ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"SHu bosqichga etib kelgani uchun raqib futbolchilarini tabriklayman. "Berton" o'tgan bosqichda APL jamoasini mag'lub etib, turnirning ushbu bosqichi uchun loyiqligini ko'rsatishgandi.
Albatta, tashabbus bizda bo'lishini bilgandim. Biroq 9ta gol urishimizni kutmagandim. Bu ajoyib holat.
Bizning klub muzeyida sovrinlar unchalik ko'p emas. SHu boisdan biz finallarga va sovrinlarga chanqoqmiz", - dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar