So’nggi yangiliklar

16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  2 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  3 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  3 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  90 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  5 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  4 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  11 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали сондан иборат жаримага тортилди  4 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0

"Fayzullaevga yana bir mavsum CSKAda o'ynashni maslahat bergan bo'lardim" Yangiliklar

"Fayzullaevga yana bir mavsum CSKAda o'ynashni maslahat bergan bo'lardim"

Rossiyalik taniqli murabbiy Aleksandr Tarxanov CSKA yarim himoyachisi Abbos Fayzullaevning Evropa klublaridan biriga ketishi mumkinligi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

2024 yilning qishida 20 yoshli o'zbekistonlik futbolchiga ko'plab jamoalardan qiziqish bo'lgani haqida malumotlar paydo bo'lgandi.



"Abbos nafaqat Osiyo Kubogida, balki CSKAda ham yaxshi o'ynadi. U sifatli, texnikasi zo'r futbolchi va intellekti yuqori. Umuman olganda, ko'plab fazilatlar mavjud. CSKA hamma ham o'ynab ketolmaydi, ayniqsa, darhol. Moslashish uchun vaqt kerak. Fayzullaev esa darhol o'zini ko'rsatishga muvaffaq bo'ldi.

Ko'ramiz, u bundan keyin qanday ishlaydi. Hozir evrokuboklar yo'qligi achinarli. Agar ular bo'lganida Fayzullaev o'zini yanada yaqqol ko'rsatgan bo'lardi. Biroq hozir ham uni kuzatishadi, chunki u Osiyo Kubogida yaxshi o'ynadi. O'zbekiston finalga chiqa olmagan bo'lsa-da, u baribir ajralib turdi va gol urdi. Menimcha, u hali tajriba uchun CSKAda qolishi va keyingi mavsumda ham shu erda o'ynashi kerak", – dedi Tarxanov.

Fayzullaev 2023 yilning avgustida "Paxtakor"dan CSKAga o'tgandi. Futbolchi armiyachilar safida 18 ta uchrashuvda 2 ta gol urdi va 9 ta golli pas uzatdi.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика