So’nggi yangiliklar

13:15"Манчестер Сити"ни 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  0 12:46"Челси" Симонс билан музокараларда олдинга силжиди  0 12:25Баҳром Ҳайдаров: "Имкон қадар 10таликдан ўрин эгаллашга ҳаракат қиламиз"  0 11:54"Интер" асосий футболчиси "Реал" диққат марказида  0 11:26Виталий Денисов: "Файзуллаев топ-5 лигадаги клубга ўтади деб умид қилгандим"  8 10:53"Насаф" сардори легионерга айланишга яқин  14 10:25"Нефтчи" футболчиси "Қўқон-1912"га ўтиши мумкин  1 09:51"Насаф" колумбиялик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда  7 09:18"Нефтчи" Жоэль Кожо учун қанча сарфлаши маълум  13 08:40"Рома" янги мавсум учун учинчи либослар тўпламини намойиш қилди  2 08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  3 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  1 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  2 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4

Ertaga xokkey bo'yicha dastlabki O'zbekiston chempionati start oladi Yangiliklar

Ertaga xokkey bo'yicha dastlabki O'zbekiston chempionati start oladi

Teglar :  Xokkey
Ertaga, 8 fevral kuni xokkey bo'yicha O'zbekiston birinchi chempionati boshlanadi.

Mustaqil O'zbekiston tarixida ilk marotaba o'tkazilayotgan ushbu musobaqada «Binokor», «Humo», «Semurg'» va «Toshkent» jamoalari ishtirok etishadi. O'yinlar «Ice City» muz arenasida tashkil qilinadi. Ikki oy davom etadigan chempionat doirasida 24 ta uchrashuv bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

1 fevral kuni «Ice City» majmuasining ochilish marosimida O'zbekiston xokkey federaciyasi tomonidan O'zbekiston chempionati tashkil etilishi haqida malum qilingandi.

8 fevral kuni «Toshkent» hamda «Binokor» jamoalari o'rtasidagi o'yin bilan (soat 18:00da) O'zbekiston 1-chempionati start oladi. Ushbu bahsdan so'ng muzga «Humo» hamda «Semurg'» jamoalari chiqib kelishadi.

Muntazam chempionat 17 mart kuni yakunlanadi. 20 martdan boshlab esa ikki raunddan iborat pley-off bahslari boshlanadi. Unda o'yinlar uchta g'alabagacha o'tkaziladi.

Malumot uchun, O'zbekiston xokkey federaciyasi 2018 yilning 28 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat ro'yxatidan o'tkazilgan. Federaciyaning asosiy maqsad va vazifasi – mamlakatimizda xokkeyni ommalashtirish va rivojlantirish, aholi orasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, xokkey bo'yicha Respublika chempionati, kubogi, O'zbekiston hududida o'tkaziladigan xalqaro musobaqalarni tashkil qilishdan iboratdir.


Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика