So’nggi yangiliklar

15:50"Челси" мавсум якунлангач, Росеньорни истеъфога чиқариши мумкин  0 15:17Нуньес АПЛга қайтиши мумкин  0 14:41Андрей Шумара — Тошев, Гесс, “Андижон” ва “Бухоро”даги хотиралар, Жаҳон чемпионати ҳақида  0 14:15"Манчестер Юнайтед" "Ньюкасл"нинг икки футболчисига қизиқмоқда  0 13:46"Реал" Чемпионлар Лигасида "Бенфика"дан мағлубиятга учраса, Арбелоани истеъфога чиқариши мумкин  2 13:07Кейн "Барселона"нинг қизиқиши ҳақида: "Мен буни мақтов сифатида қабул қиламан"  0 12:22Мбаппе "Реал"ни "Бавария" ярим ҳимоячисини сотиб олишга чақирмоқда  4 11:58Роналду: "Саудия Арабистонида бахтлиман, шу ерда қолишни истайман"  3 11:20"Бавария" Бруну Фернандешнинг трансфери бўйича қарор қабул қилди  1 10:51Жаҳон чемпиони "Ал Насср"га ўтишни истамоқда  3 10:26"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчиси учун 75 миллион евро тўлашга тайёр  1 10:02Кечаги учрашувда дубл қайд этган Роналду нималар деди?  3 09:37"Каттақўрғон" "Флуминенсе" U20 жамоаси аъзоси билан билан шартнома имзолади  4 09:11"Осасуна"дан мағлуб бўлган Арбелоа баҳс якунидан сўнг нималар деди?  16 08:43Милнер АПЛ рекордини ўрнатди  4

Polo, marafon, xokkey va darts ustalari Yangiliklar

Polo, marafon, xokkey va darts ustalari

Futbolchilarning hayoti va xayoli futboldan bir daqiqa ham uzilmaydi deb o'ylasangiz, xato qilasiz.

Albatta, ular butun hayotini futbolga bag'ishlamagan. Ularda futboldan boshqa xobbi, qiziqadigan sport turlari borligi tabiiy. Hozir aynan futboldan boshqa sport turlarida ham yaxshi natijalar qayd eta olgan bir nechta futbol yulduzini ko'rib chiqamiz.

Gabriel Batistuta – polo

Argentinalik futbolchi Batistuta polo sport turining ashaddiy muxlisi hisoblanadi. Professional futbolchilik faoliyatini yakunlagach, bu sport turiga yanada ko'proq etibor qaratdi, yani haftada 3-4 kunni polo uchun sarfladi. Keyinroq deyarli professional darajaga chiqdi. Hatto uning "Boka Xuniors" polo jamoasiga qabul qilishi haqidagi xabarlar ham tarqalgandi. 

Bu yil 53 yoshni qarshi olgan sobiq futbolchi ayni dam poloda ham "butsalarini mixga ilgan".

Aren Robben – marafon

Niderlandiya futboli afsonasi, sobiq futbolchi Aren Robben futboldan tashqari yugurish marafonlarida qatnashishni yoqtiradi. 

O'tgan yili faoliyatini yakunlagan Robben yaqinda Rotterdam shahrida bo'lib o'tgan marafonda ishtirok etib, uni muvaffaqiyatli yakunladi. U 42 kilometrlik marafonda etakchidan 69 daqiqa ortda qoldi. 

"Bazilar meni ahmoqqa chiqardi, lekin men ushbu sport muxlisiman", – dedi Robben.

Petr CHex – xokkey

Asrimizning eng yaxshi darvozabonlaridan biri Petr CHex muz xokkeyi ishqibozi! Sobiq futbolchi faoliyatini tugatganidan so'ng "CHelsi"ning sport direktori sifatida ish boshladi. 

Rasmiy ishlardan ortganida ko'p vaqtini xokkey tayog'i va shayba bilan o'tkazadi. Yaqinda Petrning "Gilford Feniks" xokkey jamaosi bilan shartnoma imzolagani haqida xabarlar paydo bo'ldi. CHex yana sevimli poziciyasida – darvozabon rolida. 

"Bazilar ishim o'zgarganini aytishyapti. Yo'q, unday emas. Bolalikdan o'zim uchun sevimli deb bilgan sport turim bilan shug'ullanish hech narsaga halal bermaydi", – dedi CHex.

Frenk Lempard – darts

Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Frenk Lempard nishonni poylash sport turini ashaddiy ixlosmandi hisoblanadi. U bu tur bilan tez tez shug'ullanib turadi. 

"Jon Terri bilan darts bo'yicha musobaqalar uyushtirib turardik. U ham juda yaxshi o'ynaydi", – dedi "CHelsi" sobiq azosi. 

Lempard darts bo'yicha jahon chempionatida ham qatnashib, yaxshi ko'rsatkich qayd etgani bilan maqtana oladi.

SHuhrat Homidov tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика