So’nggi yangiliklar

11:51Мексика терма жамоаси КОНКАКАФ Олтин Кубоги финалида АҚШни мағлуб этди  0 11:29"Фенербахче" "Ал Насср" ҳужумчисини ижарага олди  1 11:09Ўзбекистон ва Озарбайжон U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда ўтказиш бўйича ФИФАга ариза топширди  2 10:44Файзуллаевга "Истанбул"дан расмий таклиф кутилмоқда: ЦСКА эса уни сақлаб қолмоқчи  8 10:20Анри: "Гвардиола — тарихдаги энг яхши мураббий"  5 09:58Томас Мюллер фаолиятини якунлади — “Бавария” афсонаси сўнгги сўзини айтди  7 09:35ПСЖ "Реал Мадрид" юлдузини қўлга киритишни режалаштирмоқда  15 09:05Одил Ҳамробеков учун кураш: "Трактор" "Бунёдкор"га расмий таклиф юборди  11 08:35Факт: "Динамо" ва Абрамовнинг "Насаф" билан ўйинлардаги ноҳуш анъанаси давом этди  2 08:10Фламарион ва Сергеевнинг голлари "шерлар"га "Навбаҳор" устидан ғалаба келтирган учрашувдан галерея  10 08:00"Навбаҳор" "Пахтакор"га ютқазди, Самарқанддаги ўйинда эса Мозговой "Насаф"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  15 07:30Суперлига. Бугун "Нефтчи" "Насаф"га яқинлашиб олиши мумкин  8 02:45Вадим Абрамов: "Насаф"ни узоқлаштириб юбормадик, ҳали умид бор"  8 01:43Фламарион нима сабабдан кўп ўйинларда қайдномага киритилмагани ва Габриэль Жезус билан муносабати ҳақида гапирди  0 01:38Азим Аҳмедов: "Навбаҳор"нинг биринчи даврадаги иштирокини 7-8 баллга баҳолаган бўлардим"  2

Superliga. "Neftchi" qoldirilgan o'yinda "Dinamo"ni ishonchli hisobda yutib, 3-o'ringa ko'tarilib oldi Yangiliklar

Superliga. "Neftchi" qoldirilgan o'yinda "Dinamo"ni ishonchli hisobda yutib, 3-o'ringa ko'tarilib oldi

"Dinamo" hamda "Neftchi" o'rtasida Superliga 7-turining qoldirilgan bahsi yakuniga etdi.

Superliga

7-turning qoldirilgan o'yini

"Dinamo" – "Neftchi" 0:2 

02 iyul. Samarqand. "Dinamo" stadioni. 20:00

Gol: Ibrohimhalil Yo'ldoshev (Abror Ismoilov) 24', Abror Ismoilov (Jamshid Iskanderov) 78'

Bosh hakam: Firdavs Norsafarov

Yordamchi hakamlar: Zufar Eliboev, Farhod Usmonov

Zaxira hakami: Dilshod Ahmedov

Nazoratchi: Oleg Dachev

VAR: Nayim Qosimov

AVAR: Amal Sultonov

Komissar: Qudrat Madraimov

"Dinamo": 13.Ravshanbek Yagudin, 7.Ratino, 8.Sanjar Qodirqulov (25.Oybek O'rmonjonov, 46), 9.Mirjahon Mirahmadov (11.Xislat Xalilov, 72), 10.Anvar Hojimirzaev, 15.Maqsudxo'ja Aloxo'jaev, 16.Richard Fraydey (12.Abdulahadjon Hoshimov, 72), 18.Oleksandr Kucherenko, 20.Jaloliddin Jumaboev, 22.Ulug'bek Abdullaev, 37.Firdavs Abdurahmonov (88.Marko Stanoevich, 82).

Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 4.Akbar Abdirasulov, 14.Bahodir Nasimov, 19.Oybek Xamraqulov, 23.Behruz Oblaqulov.

"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 5.Ikrom Aliboev, 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 7.Abror Ismoilov, 10.Jamshid Iskanderov, 11.Quvondiq Ro'ziev (24.G'ulomhaydar Gulyamov, 56), 20.Anvarjon G'ofurov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 22.Toma Tabatadze (32.Zoran Marushich, 72), 23.Yovan Jokich.

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 8.Vladimir Yovovich, 9.Shohruh Gadoev, 17.Muhammadali G'iyosov, 30.Omadillo Abdubannobov, 33.Shohruhbek Yoqubjonov, 44.Muhammadziyo Adhamjonov.

Ogohlantirish: Yovan Jokich (59).


UCHRASHUV YAKUNLANDI! 

90+2. Abror Ismoilov o'ng qanotda Jokichdan to'pni qabul qilib olib, ichkariga yorib kirishga urindi, ammo so'ngggi pallada Stanoevich to'pni jamoasi foydasiga qaytarib olishga erishdi. 

90. Ikkinchi taymning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shildi. 

87. Firdavs Norsafarov VAR orqali vaziyatni o'rgandi va penaltini bekor qildi. Darvozabon qoidani buzmagan. 

84. Marushich birga-bir holatda Yagudinni aldadi, ammo posbon uni yiqitdi. Penalti! 

82. "Dinamo"da o'zgarish: Abdurahmonov o'rniga Stanoevich uchrashuvni davom ettiradi. 

78. GOL! Abror Ismoilovning uzoq burchak tomon yo'llagan zarbasidan keyin to'p to'rdan joy oldi. Mahoratli yarim himoyachi Yagudinning ojiz nuqtasini topdi – 0:2!

72. "Neftchi"da almashtirish: Tabatadze o'rniga Marushich maydonga tushdi. 

72. "Dinamo"da 2 ta o'zgarish: Mirahmadov o'rniga Xalilov, Fraydey o'rniga Hoshimov tushirildi. 

69. Uuuux! Ratinoning pasidan so'ng Mirahmadov bosh bilan zarba berdi, sal noaniq. 

66. Ibrohimhalil Yo'ldoshev Oybek O'rmonjonovga nisbatan qo'pollik ishlatdi va jarima zarbasi belgilandi.  

63. Uuuux! Fraydeyning zarbasidan keyin Hojimirzaevning texnik xatosi tufayli hujum poyoniga etdi. Hujumchi to'pni to'xtatmasdan zarba berganida, o'ta xavfli vaziyat yuzaga kelardi. 

59. Jokich Hojimirzaevga nisbatan qoidani buzdi va ogohlantirildi. 

56. "Neftchi"da almashtirish: Ro'ziev o'rniga Gulyamov o'yinga qo'shildi. 

54. Zarbaa! O'rmonjonovning pasidan keyin Hojimirzaev to'xtatmasdin zarba yo'lladi, to'p to'sin tepasidan o'tib ketdi. Sal qolishiga sal qoldi. 

49. Zarbaaa! Aloxo'jaevning havodan oshirgan to'pini Mirahmadov bosh bilan darvoza tomon yo'llashga harakat qildi, noaniq.

47. Uuuux! Fraydeyning qanotdan oshirib bergan pasini Mirahmadov darvozaga to'g'rilab qo'yishga urindi, to'p Ergashev orqali maydonni tark etgani uchun korner belgilandi. 

46. Abror Ismoilov qanotda faollik ko'rsatib, burchak zarbasi ishlab oldi. Iskanderovning yuqoridan oshirib bergan to'pini Yagudin urib yubordi.  

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

46. "Dinamo"da o'zgarish: Qodirqulov o'rniga O'rmonjonov bahsni davom ettiradi. 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 0:1. Tanaffus! 

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

43. Uuuux! Ikrom Aliboev jarima maydonchasi ichiga yorib kirib, sheriklariga ochilishini kutdi, ammo kutilmagand o'zi zarba yo'llashni tanladi. Kuchli zarbadan so'ng to'p to'singa tegib maydondan chiqib ketdi. 

41. Jumaboev to'pni egallashga urinib, Tabatadzega nisbatan fol ishlatdi. 

38. O'yin tempi afishaga yarasha emas. Umid qilamizki, tomoshabinlar ikkinchi bo'limda hujumkor va yorqin o'yin guvohiga aylanishadi.   

34. Kucherenko to'pni uzoqlashtirishga harakat qilib zarb bilan tepdi, ammo to'p maydon markaziga – Jokichga etib keldi. U to'pni to'xtatishda muvaffaqiyatsizlikka uchradi va uni "aut"ga kuzatib qo'ydi.  

30. Botirali Ergashev darvozani tark etib, hakamga etirozini bildirmoqda. Norsafarov esa darvozabondan to'pni tezroq o'yinga kiritishni talab qilmoqda. 

28. Abror Ismoilov Maqsudxo'ja Aloxo'jaevni yiqitishga majbur bo'ldi, standart. 

24. GOL! Abror Ismoilovning o'ng qanotdan oshirib bergan to'pini Ibrohimhalil Yo'ldoshev bosh bilan darvozaga kiritdi – 0:1!

21. "Neftchi" qator hujumlarni tashkil qilmoqda, biroq "Dinamo" himoyasi hozircha mustahkam. 

18. Fraydeyning qanotdan amalga oshirgan yaxshi uzatmasidan keyin to'pni Botirali Ergashev egallab oldi. 

15. Zarbaaa! Jamshid Iskanderovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi. 

13. Quvondiq Ro'ziev sherigi Yo'ldoshevni ortda qoldirib ketgan Abdullaevni yiqitdi. 

8. Zarba! Ulug'bek Abdullaevning himoyachilar qurshovi ostida bergan zarbasiga aniqlik etishmadi.  

6. Yovan Jokich Sanjar Qodirqulov bilan to'qnashishi oqibatida maydonda yotibdi. Hakam bahsli to'pni "Dinamo"ga topshirmoqda. 

1. Uchrashuvga start berildi! 

- O'yin 20:00 da boshlanadi. 

Reyting: +7   

Fikrlar

+9   
02 iyu 22:01:00
ОЙБОТ
Shakhruz 7o1 foydalanuvchining fikriga javob berish
Dinamo endi yana kambek qilishing kerak
Ие, комбэк қилишга вақт етмай қолдику, майли кейинги сафар бўбқолар.
НЕФТЧИ характер кўрсатди ва уларда ғалабага ишонч юқори эди.
Олға ВОДИЙ!!
+6   
02 iyu 21:40:48
Artur1801
Динамо эртаги тугади
+4   
02 iyu 22:29:06
Shovruq88
Dinamo chempionat kashfiyoti!Neftchiga yutqazib ham Neftchidan balandda turibdi!Dinamo yutganda Nasaf bilan farq qisqarar edi!Lekin buyoqda Levchenko masalasi!Dinamoga keyingi oʻyinlarda omad!Nasafni yut!
+4   
02 iyu 22:19:41
Rasul Xasanov
Нефтчи кучли уйнади Динамо чемпион булиши учун катта уйинларни ютиши керак. Катта уйинларни ютмай чемпион булиши кийин. Умид киламиз 1 Кругдан кейин яхши трансферлар булади Динамодан турт беш уйинчи кетиши керак югурмайдиган уйинчилар
+4   
02 iyu 21:51:17
Mardonbek Sobirov
Dinamo buzilib qoldi
+4   
02 iyu 20:55:09
Адхамжон Низамов
Нефтчи,бугун ютмасанг булмайди.Оркага пас бермай,хужумкор уйнашгин.Левченкони тактикасига кулок солмай билганларингча индивудиал уйнанглар "юлдузлар"
+3   
02 iyu 20:52:12
Mirjalol
Sharhlovchi Neftchini maqtashdan boshqa ,variantlarni ham sinab koʻrar balki ...
+3   
02 iyu 20:13:45
Абдугаффор . N
Нефтчи олга. факат галаба! Ютмасаларинг мураббийни ушатта адаштириб келинглар.
+3   
02 iyu 19:51:03
Адхамжон Низамов
Сайфиев ва Билолхон жарохатдан фориг булмаптида,эх,аттанг.Тезрок шифо топишларини тилаб коламиз
+2   
02 iyu 23:03:18
Азим Исмаилов
Яхшиям хакам пеналти бермагани булмасам эрталабгача ухламасдан жанжаллашиб чикиларди
+2   
02 iyu 22:48:25
Shovruq88
Dinamo kuchli oʻynadi!Oʻtgan oʻyindagi charchoq ham sababchi!Keyingi oʻyinlarga Dinamoga omad!
+2   
02 iyu 22:19:16
Неф69
СА ходимлари ачишяптими? Интервьюлар буладими бугун хам. Нега турнир жадвалини узгартиришмаяпсанлар? Пахтакорга боглик иш булганда уйин тугамай узгартирилнан буларди.
+2   
02 iyu 22:08:09
Umid Tursunov
Ikkichi davrada Nasaf Pahtakor Neftchi Navbahorga boradi lekin anu viloyatdoshlari 12 ochkoni sovga qilish uchun ligada oynashyapti wekilli....
+2   
02 iyu 20:28:57
Shakhruz 7o1
Dinamo endi yana kambek qilishing kerak
+1   
02 iyu 23:25:21
Отабек
Эх харяте Нефтчини юлдузлари ойликни халоллашни бошлабти
championat.asia
Яндекс.Метрика