CSKA himoyachisi: "Abbosga kelajakda o'zi xohlagan ligada o'ynashini tilayman"
31 iyu 16:37
Yangiliklar


CSKA himoyachisi: "Abbosga kelajakda o'zi xohlagan ligada o'ynashini tilayman"
Moskvaning CSKA klubi himoyachisi Igor Diveev yarim himoyachi Abbos Fayzullaevning "Istanbul Bashakshehir" jamoasiga o'tishi haqida gapirdi.
Futbolchi Fayzullaevning orzusi qanday ekanini bilishi, shuning uchun u uchun juda xursand ekanligini takidladi.
"Men Abbosga omad tilayman. Unga Turkiyada muvaffaqiyat tilagan holda, kelajakda o'zi xohlagan ligaga o'tsin deyman", – dedi Diveev.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasining 21 yoshli futbolchisi Turkiya jamoasi bilan 2030 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar