So’nggi yangiliklar

02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  193 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  2 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  3 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  1 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  11 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  12 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  21 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  19 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7

CAFA Women’s Championship 2018: Bugun matbuot anjumani o'tkazildi Yangiliklar

CAFA Women’s Championship 2018: Bugun matbuot anjumani o'tkazildi

Toshkentdagi milliy stadionida Markaziy Osiyo Futbol Associaciyasi tomonidan ertaga start oladigan CAFA Women’s Championship 2018 musobaqasida ishtirok etuvchi jamoalar murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.

23 noyabr kuni start oladigan turnirda O'zbekiston, Tojikiston, Afg'oniston, Eron hamda Qirg'iziston milliy ayollar terma jamoalari ishtirok etishadi.Matbuot anjumanida Afg'oniston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ali Javad Atayi, O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Bahrom Norsafarov, Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi Sulaymon Bobokalonov hamda Qirg'iziston murabbiyi Gulbara Umatalieva ishtirok etishdi.




Ali Javad Ateyi (Afg'oniston): “Musobaqaga taklif qilishgani uchun raxmat. Musobaqaga barcha jamoalar optimistik kayfiyat bilan tashrif buyurishgan. Jamoamiz yosh, ammo, shunga qaramay eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz”.



Sulaymon Bobokalonov (Tojikiston): “Avvalroq Tokio olimpiadasi uchun saralash bahslarida ishtirok etdik. Musobaqa oldidan bir necha futbolchilarimizda jarohatlar bor. Bungacha juda ko'p turnirlarda ishtirok etdik va o'ylaymanki, CAFA musobaqasi ham bizga ancha foyda bo'ladi”.



Gulbara Umatalieva (Qirg'iziston): “Taklifingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz. Hozirda ko'pchilik ayollar oilaviy sabablar tufayli futboldagi faoliyatini yakunlayotgani uchun, milliy terma jamoalar bundan aziyat chekayapti. SHuning uchun ham, terma jamoalarda asosan yosh futbolchilar o'ynayapti. Bu musobaqalar esa, milliy terma jamoalarni kuchaytirish uchun yordam berishi mumkin. Asosiy tarkibdagi futbolchilar asosan yosh futbolchilar. Bunday musobaqalar esa katta tajriba olib kelishi mumkin. Yon qo'shnilarimiz bilan bunday musobaqalarda ko'proq ishtirok etishni va tajriba orttirish tarafdoriman”.



Bahrom Norsafarov (O'zbekiston): “O'zbekistonga xush kelibsiz. Asosiy maqsadimiz – milliy terma jamoaga yoshlarni saralash. Musobaqaga bir qancha yosh futbolchilarni ham taklif etganmiz va bu ular uchun Osiyo chempionati saralashi uchun tayyorarlik vazifasini bajarishi lozim. CHempionat uchrashuvlari endi yakunlandi va futbolchilar biroz charchashgan. Ammo, shunga qaramay, ushbu musobaqada yaxshi ishtirok etishni maqsad qilganmiz”.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика