So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Axbor Imomxo'jaev xotira turniriga 5 iyul kuni qura tashlanadi Yangiliklar

Axbor Imomxo'jaev xotira turniriga 5 iyul kuni qura tashlanadi

Avvalroq musobaqada 10 ta jamoa ishtirok etishi xabar qilingandi.

Jamoalar musobaqa nizomi asosida o'z tarkiblarini shakllantirmoqda. Rejaga ko'ra, 6 iyul kuni O'zbekistonda barcha klublar tanaffusga chiqadi hamda 7 iyul sanasidan etiboran turnir start oladi. 

5 iyul kuni soat 16:00 da "Bunyodkor" stadionida musobaqaga qura tashlab beriladi. Turnir o'tgan yili bo'lgani kabi "Bunyodkor" akademiyasi futbol maydonlarida o'tkaziladi. 

Nizomga ko'ra, qura oldidan jamoalar savatlarga ajratilmaydi. 10 ta jamoa bir savatdan joy oladi hamda berger tizimida qura o'tkaziladi. Yakunda uning dastlabki uch tur o'yinlari qoldirilib, qolganlari o'chirib yuboriladi. Yani, musobaqaning so'nggi — to'rtinchi kuniga qadar barcha jamoa 3 tadan o'yinda maydonga tushadi va shu asosda turnir jadvali shakllanadi. 

To'rtinchi kuni turnir jadvalida dastlabki ikki o'rinni egallagan jamoalar final o'yini orqali musobaqa g'olibini aniqlab beradi. Xuddi shu tartibda 3, 5, 7 va 9-o'rinlar uchun ham bellashuvlar o'tkaziladi. Festival shaklida o'tadigan turnirda barcha ishtirokchi jamoa umumiy hisobda 4 tadan uchrashuv o'tkazishi taminlanadi. 

Qiziq tarafi shundaki, dastlabki uch tur davomida asosiy vaqtda g'olib chiqqan jamoaga 3 ochko beriladi. O'yin durang bilan yakuniga etsa, penaltilar seriyasi o'tkaziladi. Bunda g'olib jamoa 2, mag'lub esa 1 ochko egasiga aylanadi. Asosiy vaqtdayoq mag'lub bo'lgan tomon tabiiyki, ochkosiz qoladi.  

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика