So’nggi yangiliklar

12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  1 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  0 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  3 11:25Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг Японияга қарши таркиби маълум  1 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  7 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  2 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  9 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  5

Andrey Fyodorov chempionlikdan keyin nimalar dedi? Yangiliklar

Andrey Fyodorov chempionlikdan keyin nimalar dedi?

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov "Paxtakor"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Albatta, hozir hissiyotlarga boyman. O'yin asabiyligi bilan ajralib turdi. "Paxtakor"ga qarshi o'yin qanchalik ahamiyatli ekanligini "Lokomotiv" futbolchilari yaxshigina tushunib turishgandi. O'yinga tushadigan futbolchilar bilan ruhiy tomondan tayyorlanish asosida ular bahs davomida o'z hissiyotlarini jilovlay olishlarini nazorat qilishlari lozim edi. 

Nima uchun bunday? CHunki hamma futbol o'ynashni biladi. "Paxtakor" yaxshi o'yin ko'rsata olishini butun bir mavsum davomida ko'rsata olishdi. Ikkinchi bo'limning boshi gol o'tkazib yuborganimiz uchun biroz asabiyroq o'tdi. Biroq yaxshi o'zgarishlar bilan o'yinning borishini o'zgartira oldik. Eng asosiysi bizga g'alaba kerak edi. O'z maydonimizda, o'z muxlislarimizni oldida haqli g'alabaga erishishni istagandik. 

Nafaqat bugungi o'yin, balki butun bir mavsum uchun yigitlarga rahmat aytaman. Fikrimcha, "Lokomotiv" men bosh murabbiy bo'lganimdan keyin ham o'z uslubini o'zgartirmadi. O'zgarishlar asosan ruhiy tomonlama bo'ldi va mening qo'llab-quvvatlashlarimni yigitlar ajoyib tarzda qabul qilishdi, shu orqali buning mevasini tatib ko'rishdi.

Biz hali mavsumni yakunlamadik. Oldinda yana bir tur bor. SHundan keyin shartnoma borasida rahbariyat bilan gaplashib olamiz.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика