19 fev 2019 19:32

"Al Nasr" - "Paxtakor" uchrashuvi oldidan...

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Yana bir ozdan so'ng "Al Nasr" - "Paxtakor" jamoalari o'rtasidagi OCHL pley-off doirasidagi o'yin Dubay shahridagi "Al Maktum" stadionida start oladi.

Sal avval jamoalar stadionga etib kelishgani haqida malumot bergandik. O'yin boshlanishiga 1 soatdan sal kamroq vaqt qolganida jamoalar uchrashuv oldidan odatiy ravishda o'tiladigan chigalyozdi mashqlarini boshlab yuborishdi.

Mazkur jarayon tasvirlangan galereyamizni esa etiboringizga havola etamiz.


Eslatib o'tamiz, mazkur bahsda g'olib chiqqan jamoa 4-mart kuni start oladigan OCHL guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.

"Paxtakor" mazkur o'yinda quyidagi tarkibda uchrashuvni boshlaydi (4-2-3-1): 35.Sanjar Quvvatov - 3.Xojiakbar Alijonov, 23.SHerzod Azamov, 15.Egor Krimec, 34.Farruh Sayfiev - 20.Odiljon Hamrobekov, 7.Sadriddin Abdullaev - 17.Doston Hamdamov, 10.Dragan CHeran, 9.Jaloliddin Masharipov - 21.Marat Bikmaev.

AFC Champions League Qualification . final-tur

19/02/2019, 20:00

Al-Nasr SC

1 : 2

Pakhtakor Tashkent

Tugadi
Alvaro Negredo - 58' Dragan Ceran - 31'
Marat Bikmaev - 50'
Match-senterda ochish

Qayd etish kerak, bugungi o'yinni jarohatlari bois darvozabon Eldorbek Suyunov, himoyachilar Akrom Komilov, Marko Simich va yarim himoyachi Sardor Sobirxo'jaev o'tkazib yuborishadi.

"Paxtakor"ni qo'llab-quvvatlash uchun Toshkentdan bir guruh ishqibozlar tashrif buyurishgan. "Al Nasr"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradigan Akrom Komilov jamoaning jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mutaxassisi Laslo Yambor bilan odatdagidek maxsus dastur bo'yicha individual shug'ullanmoqda. 

Akrom Komilov "Al Maktum" stadioniga kelgan o'zbekistonlik muxlislar iltimosini erda qoldirmasdan selfini amalga oshirmoqda...

SHuningdek, Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida yana bir vakillarimiz AGMK jamoasi "Al Nassr" bilan to'qnash kelgan. Mazkur o'yinlarda vakillarimizga omad tilab qolamiz!

AFC Champions League Qualification . final-tur

19/02/2019, 20:00

Al Nassr FC

4 : 0

AGMK

Tugadi
Omar Hawsawi - 55'
Sultan Al Ghanam - 62'
Giuliano - 80'
Giuliano - 90'
Match-senterda ochish

Bu xabar bilan bo'lishing:
  +12 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика