So’nggi yangiliklar

02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  1 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  0 01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  11 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  0 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  9 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  6 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  13 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  37 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  2 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  14 21:40CAFA Nations Cup. Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  27 21:30CAFA Nations Cup. Бир киши кам бўлиб қолган Ўзбекистон Туркманистонни кичик ҳисобда мағлуб этди  273 20:55Қирғизистон бош мураббийи: "Ғалабамизни ўғирлашди"  7 20:33Топ лигалардан клуб топа олмаган Лукман Туркияга йўл олиши мумкин  1

3 ta golga assistentlik qilgan futbolchi, raqibni tor-mor keltirgan murabbiy, 22 yoshli posbon - Superligada 20-turning eng yaxshilari​ Yangiliklar

3 ta golga assistentlik qilgan futbolchi, raqibni tor-mor keltirgan murabbiy, 22 yoshli posbon - Superligada 20-turning eng yaxshilari​

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 20-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 20-turning eng yaxshi darvozaboni – Otabek Boymurodov ("Buxoro")

"Buxoro" bu turda "Qo'qon-1912" bilan bahs yuritib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Shubahsiz, bu g'alabada buxoroliklar darvozaboni Otabek Boymurodovning hissasi katta. U bahs mobaynida nafaqat seyvlari bilan ajralib turdi, balki birga-bir holatda ham jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi. Shu tariqa, Championat.asia sayti 22 yoshli posbonni 20-turining eng yaxshi darvozaboni deb topdi. 


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 20-turning eng yaxshi murabbiyi – Kamoliddin Tojiev ("Paxtakor")

"Paxtakor" ortda qolgan turda Andijonga safar uyushtirib, 6:2 hisobidagi g'alabani rasmiylashtirdi. "Sherlar" har ikki bo'limda 3 tadan ko'p kiritgani tahsinga sazovor. 65-daqiqada Hojiakbar Alijonov maydondan chetlatilganiga qaramay, jamoa 3 ta gol urdi – bunda bosh murabbiy zaxiradan tushirgan o'zgarishlarning barchasi mehmonlarga qo'l keldi. Shunday qilib, Kamoliddin Tojiev Championat.asia talqinida turning eng yaxshi murabbiyi sifatida etirof etildi. 


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 20-turning eng yaxshi futbolchisi – Xurshid G'iyosov (OKMK)

OKMK bu tur o'z uyida "Xorazm" ustidan ishonchli g'alabaga erishdi – 3:1. Bahs olmaliqliklar vingeri Xurshid G'iyosovning benefisiga aylanib ketdi. 30 yoshli futbolchi barcha gollarda mohirona tarzda assist vazifasini bajardi. Tur futbolchisi bo'lish uchun Hojimat Erkinov (1 ta gol va 2 ta golli uzatma) jiddiy raqobat tug'dirdi, biroq yakunda so'rovnomada baribir G'iyosov ustunlikka erishdi. Shu tariqa, Xurshid G'iyosov Championat.asia talqinida 20-turning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 20-turning eng chiroyli goli muallifi – Mahmud Mahamadjonov ("Dinamo")

"Dinamo" bu tur mehmonda "So'g'diyona" bilan murosa ko'chasini tanladi. Uchrashuvdagi hisob 29-daqiqada samarqandliklar himoyachisi Mahmud Mahamadjonov tomonidan ochildi. Dastlab Hojimirzaev zarba yo'lladi, uni Mitrovich qaytargach, to'p Mahmudga etib keldi. Qanot vakili o'zining chap oyoqdagi kuchli zarbasi bilan to'pni darvozaning tepa burchagiga shunchaki "mixlab qo'ydi". Shu tariqa, Mahamadjonov Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, turning eng chiroyli gol muallifi deb topildi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика