
Hakam tomonidan qo'shib berilgan 4-daqiqada mag'lubiyatdan qutulib qolgan Karlo Anchelotti shogirdlari qo'shimcha bo'limlarda yana 3 ta to'p kiritishdi. Buni yaqin orada bo'lmagandi. Shu tariqa, “Real” o'z tarixida o'ninchi bor YCHL Kubogiga ega chiqdi.
Anchelotti “Real” bilan o'zining uchinchi YCHL kubogini yutib oldi. Bungacha u “Milan” boshqaruvida 2003 va 2007 yillarda Yevropada tengsiz bo'lgandi. Papa Karlo uchinchi marotaba YCHLda zafar quchgan ikkinchi murabbiyga aylandi.
Bundan avval “Liverpul” bosh murabbiyi Bob Peysli uch bor (1977, 1978, 1981) ushbu musobaqada g'olib bo'lgandi.
YCHL. FINAL.
REAL – ATLETIKO 4:1 (0:1, 1:0, 0:0, 3:0)
Lissabon, “Eshtadiu Da Luj” stadioni.
Hakam: Born Kuypers (Gollandiya).
Gollar: Godin (36), Ramos (90+4), Beyl (111), Marselo (118), Ronaldu (120-penaltidan)
“Real”: Kasilyas, Karvaxal, Varan, Ramos, Koentrao (Marselo, 59), Xedira (Isko, 59), Modrich, Di Mariya, Beyl, Ronaldu, Benzema (Morata, 79).
“Atletiko”: Kurtua, Xuanfran, Miranda, Godin, Luis Felipe (Alderveyreld, 82), Tiago, Gabi, Koke, Raul Garsiya (Sosa, 66), Vilya, Diego Kosta (Adrian, 9).
Ogohlantirishlar: Ramos (28), Raul Garsiya (28), Miranda (53), Vilya (73), Xuanfran (74), Koke (87), Gabi (99), Marselo (119), Ronaldo (120), Karvaxal (120).
Suratlar manbasi - reuters