Zommer MYUga o'tishdan bosh tortdi

Sherzod Nurmatov
18 avg 2022, 19:27
Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi darvozaboni Yan Zommer JCH-2022 oldidan "Manchester Yunayted"ga o'tishni istamadi.

Bu haqda Germaniyaning "Sky Sport" nashri jurnalisti Marlon Irlbaxer ma'lum qildi.

Uning so'zlariga ko'ra, MYU haqiqatan ham darvozabonni sotib olishni xohlagan.

"U Jahon chempionati oldidan Shveytsariya termasidagi o'rnini xavf ostiga qo'yishni istamaydi. O'tish ehtimoli juda kam", – deb yozdi jurnalist.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sport Deutschland