Zommer "Borussiya M"ga "Bavariya"ga o'tish istagini ma'lum qildi

Sherzod Nurmatov
3 yanv 2023, 15:53
"Borussiya" Myonxengladbax 5 million evro talab qilmoqda.

Shveytsariyalik darvozabon Myonxengladbaxning "Borussiya" klubini yanvar oyida Myunxen klubiga o'tish istagini bildirgan, deya xabar berdi "Süddeutsche Zeitung". Manuel Noyerning oyog'i singani sababli 34 yoshli futbolchiga "Bavariya" qiziqish bildirmoqda.

"Borussiya" darvozabonni 5 million evroga qo'yib yuborishga tayyor. Agar "Bavariya" shuncha pul to'lashga rozi bo'lsa, bu o'tish amalga oshadi.

Zommerning myonxengladbaxliklar bilan bitimi yozda nihoyasiga etadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bayern&Germany