

20 martdan boshlab jamoa Birinchi liga va O'zbekiston Kubogi saralash bosqichi uchun so'nggi mashg'ulotlarga kirishdi.
Jamoa Toshkent shahridagi yig'inda bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlarni o'tkazdi.
"Zomin" - "Oq-tepa" - 2:0
"Zomin" - "Bunyodkor-2" 3:1
"Zomin" - "Rubin" 2:1
"Zomin" - "Xorazm" 3:3
Mashg'ulotlarning so'nggi bosqichini jamoa “Zomin Markaziy o'yingohi”da o'tkazadi. Hozirgi vaqtga kelib jamoaning asosiy tarkibi aniqlanib bo'ldi. Jamoaga qo'shilgan yangi futbolchilar tez kunlarda muxlislarga tanishtiriladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston kubogi saralash bosqichi doirasidagi “Zomin” – “Lochin” (Chirchiq) uchrashuvi 28 mart kuni “Zomin markaziy o'yingohi”da bo'lib o'tadi.
"Zomin" PFK matbuot xizmati



